Do‘stimizning nikoh to‘yi munosabati bilan uzoq tog‘li
qishloqlardan biriga yo‘l oldik...
Borgan kunimizning o‘zida o‘z-o‘zimizga to‘yni boshlab
yuborgan bo‘lishimizga qaramasdan, baribir uch-to‘rt kun
o‘sha yerda bo‘lishimizga to‘g‘ri kelardi.
Ex… Garchi hamma narsa to‘la-to‘kis, do‘stlar hammasi
jamul-jam, toza havo, dam olish, hursandchilik avjida
bo‘lishiga qaramasdan, shugina sanoqli kunlarda sevgilimni
juda-juda sog‘inishimni o‘ylasam yuragim orqaga tortib
ketardi...
Aksiga olib u yerlarda telefon qurg‘ur to‘lqinlarni ham
ushlamas ekan. Na bir qo‘ng‘iroq, na ishqdan mastona SMS
lar jo‘nata olmasam… Hech bo‘lmaganda internet ham
ishlamaydi.
Sog‘inardim... Sevgilimni kulgularini, hazillarini, uni juda ham
ko‘rgim kelardi...
Sog‘inardim... U bilan qo‘l ushlashib bog‘ aylanishni, kun
botar mahal anhor bo‘yida yelkasidan quchib, xuddi sovuqdan
bir-birini asrayotgan musichalardek o‘tirishni sog‘inardim...
Uning mayin, nafis sochlarini silagim, g‘uncha lablaridan
qayta-qayta bo‘sa olgim kelardi...
Uni shunchalik sevganimdan, u ham meni sevishidan
shunchalar baxtiyor edimki; xatto sevgi-sevgi deb, yoshlik-
erkalik deb qilayotgan sho‘xliklarimizmi, to‘g‘riroq aytganda
bexayoliklarimizmi hech, hech biri hayolimga ham kelmasdi...
Toki... Toki, o‘sha to‘y kunida yuz bergan voqeagacha...
To’y tugar mahal, yonimga bir o’rta yoshli ayol keldi-da,
qo’limga bir tugunchani tutqazib:
– O‘g‘lim shu kampirni uyigacha kuzatib qo‘ying. O‘zlari
narigi mahallada turadilar, qorong‘uda ko‘zlari o‘tmay, u-bu
yerda to‘qishib yurmasinlar tag‘in. Yosh bolalar hammasi
ko‘chada o‘ynab yurishibdimi, hech kimni topa olmadim,
dedilar.
Ho‘p bo‘ladi-da, dedim-u qari onaxonni oldilariga borib:
– Buvijon yuring, uyingizga kuzatib qo‘yaman, dedim.
Ozroq yurganimizdan so‘ng odatiy past-baland, mayda
toshlarga boy qishloq ko‘chasiga kirdik, shunda men:
– Buvijon, keling qo‘lingizdan qo‘ltiqlab olaman, deb
qo‘llaridan endi tutaman deganimda:
– To‘xta! Mana yengimdan tut, deb kampir meni urishdi...
O‘shanda shunaqa kulgim keldiki. Zo‘rg‘a o‘zimni tiyib
qoldim. Rostda, u kishi qari bir kampir, men esa nevaralari
tenggi yigit bo‘lsam...
To‘yni ham tugatdik. Uyga qaytaman, sevgilimni ko‘raman… U
bilan oxirgi kunlarda hech xabarlashmaganimiz uchun
qaytishimni kutilmagan uchrashuv bilan uyishtirmoqchi edim.
Kelishimiz kun botar paytga yaqin bo‘lgani sababli u
yashaydigan joyga qop-qora tunda yetib bordim. Uning
mahallasi tomonga qayrilishda chiroq yorug‘lari ostida o‘tirib
gaplashish uchun qulay kichikkina joy bor edi. U bilan bu
yerda juda ko‘p marta o‘tirib gaplashganmiz.
Hayolimdan shularni o‘tkazib, o‘sha tomonga nigohimni
burganimda qulog‘imga tanish kulgu ovozi eshitildi...
Sekin borib qaradim. Ha, afsuski, bu o‘sha men ko‘rishni
orziqib kutgan sevgilim. Lekin, boshqa bir yigit bilan...
Balki, shunchaki tanishi yoki qarindoshidir, deb o‘ylab,
o‘zimga tasalli berardim-u baribir borib, o‘z ko‘zlarim bilan
ko‘rmaguncha ishonchim komil bo‘lmasdi.
Ular yo‘lga teskari o‘tirishgani uchun ularga yaqinlashganimni
payqashmadi. Tanish kulgu, tanish ovozlar, tanish
erkalanishlar-u, tanish sevgi izhorlari...
Nahot shu uch kunginada shuncha o‘zgardimi yoki u doim
shunaqa edimi!? Ko‘zlarim ko‘rmidi!?
Qadam tovushimni eshitib ikalasi ham ortiga o‘girildi.
Daxshat...
Hech narsa demadim, indamadim; alvido iffatsiz sevgilim...
Iffat... Shunchalik ham bo‘ladimi nomussizlik!? Xuddi, avval
bo‘lgandek, avval bormidi shu qizda o‘sha iffat!?
Tog‘li qishloqdagi kampir bilan bo‘lgan voqeani esladim...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев