Rasululloh s.a.v. aytadilar:
“Musulmon kishining nazari
biron xushsurat odamga tushsa-
yu, Alloh uchun nigohini pastga
qaratsa, Alloh taolo unga
ibodatning lazzatini nasib qiladi”.
Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy
aytadi: “Shogirdlarim ibtidoda
zikrdan maza qilganlarini, asta-
sekin bu mazaning yo’qolib
qolganini aytishdi. Buning sababi
esa ularning badnazarlik bilan
begona ayollarga ko’zi tushib
qolganidir. Badnazarlikning yana
bir ofatlaridan biri rizqning
kesilishidir. Muttasil shu dardga
yo’liqqan odamning xonadonida
baraka qolmaydi. Shayton
jannatdan quvilib, Allohdan odam
farzandlarini gumroh qilishlik
uchun ruxsat olarkan, o’ngidan,
chapidan, orqasidan, oldidan
kelaman deb va’da qilgan-u, lekin
pastki tarafdan kelaman deb
va’da qilmagan. Shuning uchun
Alloh taolo “nomahramdan
yuzingizni pastga qarating”
deydi”.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1