Robiyani telefoniga
navbatdagi SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham
usha
vaqtda SMS yozdim))”.
Bu SMS lar Robiyaga tanish, har
kuni
bir vaqtda, bir xil SMS keladi.
Robiya
ham o’z navbatida Sobirga bir xil
javob
yozadi. Faqat uniki aynan bir
vaqtda
emas. Har hilroq, nechidir
minutga farq
qiladi.
“Assalomu Alekum. Sizga ham
Xayirli
tong! Rahmat juda zo’r uhladim.
Sog’inchim, zarracha!))”...
Ha. Bu ularni har kungi
salomlashish
SMS lari desa bo’ladi. Sobir va
Robiya
bir birini 3 yildan beri tanishadi.
Ular
avtobusda to’sattan bir voqea
sabab
tanishib qolishgan. Ushanda
Robiyaga
ikki mast yigit gap otib, unga
tegajorlik
qilishvotgandi. Avtobusdagi
odamlar,
yigitlar ichib olganigami, yoki
ulardan
qo’rqibmi, o’zi odam ham kam
edi.
Yo’q, konduktor e’tiroz
bildirgandi, bir
narsalar dib so’kishdi, keyin
biletingni
sotginam diyishdi. Sobir
orqaroqda
o’tirgandi. Bu gaplardan keyin
o’rnidan turib, ularni oldiga keldi.
Ozgina janjal, keyin pastga
tushishdi.
Avtobus yo’lida davom etdi.
Sobir ular
bilan alohida gaplashdi... Robiya
avtobus oynasidan qarab qoldi...
Robiya tikuvchilik fabrikasida
tikuvchi
bo’lib ishlaydi. Har kuni bir
vaqtda shu
avtobusda uyga qaytadi. Sobir
ham
usha atrofda institutda o’qiydi.
Uni ham
darslari tugagandan keyin shu
vaqtda,
shu avtobusda uyga qaytadi.
Ertasi
kuni Sobir avtobusni orqa
o’rindig’ida
o’tirib kevotganda yoniga bir qiz
keldi.
Boshida u ahamiyat bermadi.
Yonida
joy bo’sh edi. Lekin qiz Sobirga
qarab
turardi. U qiz Robiya edi. Sobir
qiz unga
tikilib turganiga o’zini g’alati his
qildi.
Keyin qizga:
- Kechirasiz. O’tirmoqchimisiz.
Marhamat (shunday deb o’rnidan
turdi)
- Yo’q. Sizga rahmat
etmoqchidim.
- Joy berganimgami?
- Yo’q. Mani tanimadizmi?
- ... (Sobir o’ylanib qoldi)
- Kecha mani bezorilardan
himoya
qilgandiz. Begona bo’lsez ham.
- Ha. Kechamidi. Uzr. Sizga
qaramagan
ham ekanman. Bemalol. Nega
endi
begona ekansiz. Man barchani o’z
yaqinimde ko’raman. Sizga
yordam
berganimdan hursandman.
- Kecha sizga rahmat
etolmaganimga
rosa uyalib yurdim.
- O’zi rahmat etishizga imkon
bo’lmadiku. Tushib ketdik.
- Ha. Lekin baribiram. Bugun sizni
ko’rib rosa hursand bo’ldim.
Yonizga
kelib, nima dib gap boshlashni
ham
bilmadim. Yana bir bor rahmat...
Bu ikkinchi uchrashuv. Lekin
birinchi
suhbat. Shu holatdan keyin
avtobusda
bir birlarini har kun ko’radigan
bo’lib
qolishdi. Ismlarini etishdi...
telefon
raqam... endi telefonda
suhbatlar... (bir
qancha vaqt, taxminan 1 yilcha
o’tdi,
Sobir o’qishni tugatib, ishga
kirdi)
- Allo. Robiya. Salom.
- Assalomu Alekum.
- Sizga bir gap etmoqchidim.
- Qanaqa gap.
- Sizni sansirab gapirsam
maylimi?
- Hop. O’ziz bilasiz (Robiya
o’ylanib
qoldi. Nega sansiramoqchi dib)
- Hozir o’ylanib qolding.
To’g’rimi?
Sababi, man o’zimga yaqin
olganlarimni barchasini sansirab
gapiraman. Qizlarni nazarda
tutvomman. Bunga
sinfdoshlarim,
kollejdagi kursdoshlarim
erishgan.
Institutdagilar ham erisha
olmadi.
Ularni sizlab chaqiraman. Usha
oxirgilari kollejdagilar bo’lib
qolgandi.
Man endi shucha paytdan keyin
san
erishdin. Agar hohlamasang,
sizlab
ham chaqiraveraman.
- Yo’q, man sansirab chaqirishizni
hohlayman (Robiya o’zi bilmagan
holda shu gaplarni etvordi)
- Hursandman. Mayli keyinroq
telefon
qilaman.
- Hop
Yana 2 yil o’tdi. Sobir har kuni
soat
6:00 da SMS yozadigan bo’ldi. Bir
hillarida kechroq ham yozardi.
Uhlab
qolishi, yana boshqa sabablar...
lekin
ko’proq 6:00 da. Lekin so’ngi
paytlar,
yengi telefon olganidan keyin
roppa
rosa 6:00da kelardi. Yuboradigan
SMSi:
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham
usha
vaqtda SMS yozdim))”.
3 yil ichida ularni orasida qalin
munosabat uyg’ongandi. Lekin
ular
buni sevgimas dib o’ylirdi. Aslida
sevgidan boshqa nima bo’lishi
mumkin? SMSda sog’inch haqida
yozilvoti. Qiziq. Rostan ham bir
birini
sog’inisharmidi bir uyquda. Bu
savol
Sobir va Robiyaga ham qiziq edi.
Sobir
unga SMS yozdi.
”Robiya. Yaqinginam. Sandan bir
narsa
so’rayman, rostini et. Man sanga
shuncha SMS yozaman.
Sog’inmadingmi dib. San zarracha
diysan. Rostan ham zarracha
sog’inasanmi? Shu manga
qiziqde.”
Robiya javob yozdi:
“Bilasizmi? Siz bilan uhlashimdan
oldin
gaplashib bo’lganimdayoq
sog’inishni
boshlayman. Shuning uchun,
sog’inchimni oz bo’lsa ham
jilovlash
uchun, tushlarimda ham sizni
ko’rishga harakat
qilaman.Zarracha
deganim, har narsa
zarrachalardan
tashkil topgan. Zararachalar
bo’lmaganda ulkan narsalar ham
bo’lmasdi. Siz ham mani
sog’inasizmi?
Doimo o’ziz so’riysiz, lekin hich
sani
sog’indim dimiysiz”.
Sobir javob yozdi:
“Sanchalik sog’ina
olmasakanman.
Sani sog’inching zarrachadek
bo’lsa,
maniki shunaqangi yuqoridaki,
uni
hich kim hali his qilmagan ekan.
Mandan boshqa. Lekin
uhlavotganimda sani sog’inib
uyg’onib
ketganimda, ko’rishim uchun
xonamni
har devoriga sani rasmningni
osib
chiqganman. Qaysi tomonga
qarasam
ham, sani ko’raman. Faqat sani”.
Mana bu sog’inch. Ta’rifga so’zlar
ojiz.
Bunday sog’ichlilar bir birini
sevmidi
dib etib bo’ladimi? Baribir
ichidagisini
etishi kerak. Sobir birinchilardan
chiday olmadi. Va uchrashuvga
taklif
qildi. Sovg’a didi. Uzuk ham sotib
oldi.
Uchrashuvni bitta kafega
belgiladi.
Sevgi izhorni ham orginal
qilmadi.
Uzukni olib, Robiyani barmog’iga
taqib
qo’ya qoldi. Robiya tushunmay
ham
qoldi. Sobir: “Man sani sevaman,
manga turmushga chiq” dib,
suhbatni
tugatib qo’ya qoldi. Manimcha
bunga
ham ancha kuch va iroda
to’plagandir.... osonmas etish.
Robiya
bir og’iz javob qaytara olmadi.
Uzukni
olib qolgani, bu qabul qilganide.
Sobir
ham shunday o’yladi.
Kafedan chiqib, bekatga
borishdi. U
yerda bir qari kampir turgandi.
Qo’lida
og’ir sumka. Bozordan
kevotganga
o’xshiydi. U Sobirdan uni
uyigacha olib
borishini iltimos qildi. Sobir yo’q
diya
olmadi. Kampir uni bu yerdan
uncha
uzoq emas ekanini etib o’tdi.
Robiya
ham ular bilan birga ketdi. Yo’lda
kampirni tilidan duo tushmadi.
Rostan
ham uzoq emas ekan. 5 daqiqada
yetib borishdi. Kampirni bir
pioyola
choyga taklifni rad etishdi, kech
qovomiza dib, bahona qilib
ketishdi.
Kampir yana duo qilib qoldi.
Bahor oyi keldi. Har kungidek
bugun
ham Robiyani telfoniga SMS
keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham
usha
vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya ham usha javobni
jo’natdi.
“Assalomu Alekum. Sizga ham
Xayirli
tong! Rahmat juda zo’r uhladim.
Sog’inchim, zarracha!))”
Sobirdan yana keldi:
“Yaqin kunlar uyinga onam bilan
ammamni yuboraman”.
Bu gapga Robiyadan javob
kelmadi.
Nima dib ham yozardi.
Soat 10:00larda Sobir Robiyaga
telefon
qildi. Nimadir etmoqchidi. Lekin
Robiya
“keyinroq o’zim telefon qilaman.
Hozir
ishlarimni qivoliy” didi.
Manimcha yana
sovchilar haqida gap ketadi dib
o’ylagandir. 2 soatdan keyin
va’da
bergani uchun qaytib qo’ng’iroq
qildi.
- Allo. Assalomu Alekum.
Yahshimisiz.
- Voalekum Assalom. Ha zo’r.
Ishlarinigni qilib bo’ldingmi?
- Ha. Hozircha qilib bo’ldim. Hali
yana
bor.
- Man hozir daraxtga
chiqvotudim.
- Nega?
- Ko’chada bolalarni varragi
daraxtga
ilinib qolibdi. Tepasida, olsa
bo’larkan.
Ushanga iltimos qilishgandi,
“Amaki
olib bering, o’zi bitta edi.
Uydagilar
boshqa olib bermimiz”
diyishgandi,
mayli dib obermoqchiman. Hozir
daraxtni yarimiga chiqib qoldim.
Anaqisa haliroq o’zim SMS
yozaman.
SMSimni kutgin, albatta yozaman.
Yoki
o’zing qilgin. Ishlaringni
hammasini
qilib bo’lib. Maylimi?
- Hop bo’ladide.
Soat 15:00 lar bo’ldi. Bu paytda
man
10 marta daraxtga chiqib
tushardim
dib o’yladi Robiya. Nega SMS
yozmayaptilar. O’zim qilaman.
Raqamlarni terdi. Javob yo’q.
Qayta
telefon qildi. Yana javob yo’q. 1
soatlardan keyin yana telefon
qildi.
- Allo. Assalomu Alekum.
- Voalekum Assalom. Kim bu?
- ... (begona ovoz edi. Robiya
nima
diyishini bilmiy qoldi. Sobir hich
telefonini begonalarga bermasdi,
adashmadimmi dib raqamga
qarab
qo’ydi. Adashmagan.)
- Kechirasiz. Man Sobirga telefon
qilgandim. Ularni chaqirib bera
olmaysizmi?
- Siz Robiyamisiz?
- Ha.
- Manga Sobir siz haqingizda
etgandi.
Ko’p etar edi. Juda ham ko’p etar
edi.
- ...
- Sobir endi oramizda yo’q.
- Nega.....(ovozi titrab chiqdi).
- Telefonni hozircha manda.
Baxtsiz
xodisa. Boya negadir daraxtga
chiqgan ekan... usha yerdan...
yiqilibdi... Shomga chiqaramiz.
Undan
ayrilib qoldik. Man haligacha
o’zimga
kelolmayapman.
- ... (Robiyani qulog’iga bu gaplar
kirmasdi)
- Uzr. Boshqa gapira olmayman.
U
sizga uylanmoqchi edi. Uni
telefonini
endi kim tutishini ham bilmiman.
Buguncha manda turibdi. (aloqa
uzuldi)
Robiyani hayollari ostun ustun
bo’lib
ketdi. Ming hayollar. Faqat bir
gapni
qaytaradi: “Yo’q. Ishonmayman.
Bo’lishi mumkin emas. Ular
o’lmaganlar. Ular tiriklar.
O’rtoqlari hazil
qilishvotti. Kimdan bilishim
mumkin?
Yo’q. Uylariga boraman. Hoziroq
boraman”. dib, yo’lga chiqib
ketdi.
Sobirni mahallasiga kirib
bormoqda.
Telefonga qarab qarab qo’yadi.
Hozir
Sobir qaytib telefon
qiladigandek.
Qaytib telefon qilishga yuragi
betlamiydi. “Qaysi uy ediya.
Nechinchi
edi. Uylarini eslolmayapman” dib
o’ylab tez tez ketib borardi.
“Shom
bo’lishiga 1 soatcha vaqt bor.
Agar
rostan ham o’lgan bo’lsalar,
odamlar
to’plangan bo’lishi kerak.
Ko’chani
nomi qanaqa edi. Ha. Mana shu
ko’cha.
Shu ko’cha bo’lishi kerak.
Telefonlarida shu yerda tushgan
rasmlari bor edi. Shu ko’chadan
yuraman. Mashinalar, odamlar
ko’p.
Nahotki rost bo’lsa.
Ishonmaaaaymaaaaan!!!” deb
baqirib
yubordi. Orqasidan ayollar
kevotgan
ekan. Ular kelib, Robiyadan hol
ahvol
so’rashdi.
- Tinchlikmi qizim? Sizga hich
narsa
bo’lmadimi? Yordam
kerakmasmi?
- A? (Robiya, ularga savol nazari
bilan
qarab turardi. Nima diyishini
ham
bilmasdi.)
- Sog’ligiz yahshimi? Hozir
baqirganizni
eshitdik.
- Ha. Yo’q. Man yahshiman. (ko’zi
odamlar to’planib turgan
eshikda)
- Sizni tanimayroq turibman. Bu
yerda
qanaqa ishiz bor edi?
- Manga bir narsani etib
berolmisizmi....
(u baribir ishonmayotgan edi,
shunga
aniqlik kiritmoqchi edi)
- Nimani qizim?
- Bu yerda kim vafot etdi?
- Bu yerdami? Bu yerda 90dan
oshgan
bir otaxon bo’lardilar. Ushalar
bugun
olamdan o’tibdilar. Mahallani
yuragi
edilar. Tetik edilar. Lekin
Yaratganni
irodasi. Olamdan o’tdilar.
- Rahmat. (beixtiyor Robiyani
yuziga
tabbasum yugurdi, ayollar unga
qarab
hayron qolib, tuf tuflab qo’yishdi
o’zlarini o’zlari va yo’lda davom
etishdi.
Robiya ichidan buni yolg’on
ekanini
hursand bo’lsada, tashqi
tarafdan uni
aldashgani nafrati yuzini
burishtirib
turardi. “shunaqa narsa bilan
ham
hazil qiladimi, man ularga
ko’rsatib
qo’yaman hali. Kim bo’lsa ham
ta’zirini
beraman. Aldoqchilar. Agar
Sobirni
ham bunda qo’llari bo’lsa, ularni
hich
qachon kechirmiman. Yana
maraka
borligini bilib etishgan. Mani
sinamoqchi bo’lishdimi?
Ko’rsataman
ularga hali. Mayli, muhimi sog’
bo’lsalar
ham” dib orqaga qarab yurdi.
Baribir
sevgisi kuchlide. Nafratni ham
yenga
oldi. Yana hayoliga bir narsa
kelib,
telefonini oldi. Sobirga telefon
qilmoqchi bo’ldi. O’lmaganini
biladi
endi. Sobirni yod bo’lib ketgan
raqamlarini terdi. Qulog’iga tutdi.
Yonidan yana ayollar o’tib
ketishvotgandi. Ularni gaplari
qulog’iga chalindi; “Eshitilarmi
qo’shni,
Xadichaxonni o’g’li Sobir ham
bugun
olamdan o’tibdi. Daraxtdan
yiqilibdi. –
Voy eshitmagandim. Xudo
rahmat
qilsin. Hali yosh bola ediyu, nega
daraxtga chiqibdi? – Bolalarni
varragi
ilingan ekan. Ushani olib
beraman
dibdi. Tepasi qurigan shox ekan.
Usha
sinib, yerga yiqilibdi. Shoxni biri
qorniga kirib ketganmish.
Yuragiga
ham kiribdimiye. Shunaqa
diyishdi. –
Voy, yoshgina ediya. Manga ham
qancha yordam berardi. Hich
qahcon
yo’q dimasdi. Ko’chada ko’rib
qolsa
ham salomini kanda qimasdi.
Xadichaxonga qiyin bo’libdiya. –
Nimasini etasiz. Bu yil
uylantiraman
digandilar. – Unda tezroq
yuringlar. U
yoqga ham chiqishimiz kerak. –
Buni
qaranglar, bitta mahalladan ikki
ko’chada bir kunda maraka
bo’lsaya.”
dib bir birlari bilan gaplashib
o’tib
ketishdi. Robiya telefonni
ushlagancha
joyida qotdi. Unda telefonda
hazillashishmagandi. Orqaga
qaytib,
boshqa ko’chaga yurdi. Qayrildi.
Bu
ko’cha ham tanish, rasmini
ko’rgan.
To’g’ridagi eshik yonida ham
odamlar
to’planib turishibdi... Robiya yo’l
chetidagi daraxt tagiga turib,
piqilib
yig’lab yubordi. Buni
kutmagandi.
Juda og’ir zarba bo’ldi. Yerga
o’tirib
qoldi. Bir qancha vaqt o’tirdi.
Behol...
Yonidan odamlar ikki tobutni olib
o’tib
ketishdi. Ikki xil tobut. Biri
yoshniki,
qizil duxoba o’ralgan, biri
qariyalarniki
oq surup o’ralgan. Odamlar
tobutni
qo’lma qo’l qilib ketishvoti.
Robiya asta
tobutga qarab qo’ydi. Nima
diyishni
ham bilmadi... Kun qoraygach,
kimdir
uni turg’azib, manzilini so’rab,
uyiga
kuzatib qo’ydi. Bu manimcha
usha
Sobirni telefonida gaplashgan
yigit edi.
Robiya uyida yig’lashga ham holi
qolmagandi. O’ksib, o’ksib
qo’yardi.
Onasi uni yonida nima qilishni
bilmasdan yurardi. Birga olib
kelgan
yigit unga nima bo’lganini etib
berdi.
Onani ko’zlari yoshlandi. Qizini
sirdoshi
edi. Nima yordam qilishni ham
bilmasdi. Tez yordam chaqirdi.
Doctor
Robiyaga tinchlantiruvchi ukol
qilib
ketdi. Robiya uhlab qoldi...
Soat 6:00. Robiyani telefoniga
SMS
keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham
usha
vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya SMS ovozidan uyg’onib
ketib,
telefonini oldi. SMS ni o’qidi. Kulib
qo’ydi. Va har doimgi javobini
yozdi.
“Assalomu Alekum. Sizga ham
Xayirli
tong! Rahmat juda zo’r uhladim.
Sog’inchim, zarracha!))”
Yuborgandan keyin, telefoniga
qarab
kulib qo’ydi. Oz kulib turib, yuzi
tezda
o’zgardi. Axir qanaqa qilib?????
Hich
narsaga tushunmasdi. Qanaqa
qilib
SMS keldi. Telefonini qo’liga olishi
bilan,
jiringlab qoldi. Sobir telefon
qivotti.
Hayron bo’ldi. Qanaqasiga.
Nahotki
adashdi. Kecha uni kimdir olib
keldiku.
Telefonni oldi.
- Allo. Assalomu Alekum.
- Allo. Voalekum Assalom. Siz
Robiyamisiz. Hozir SMS ni siz
yozdingizmi? (kechagi yigitni
ovozi)
- Ha. Manga SMS keldi. Har kuni
yozadigan SMSlari. Javob yozdim.
- Kechirasiz. Telefon hali ham
manda
turibdi. Sizga hich kim SMS
yozmadi.
Sizdan SMS kelganiga, o’qib
hayron
bo’lib, telefon qildim.
- Mana manga SMS keldiku. Keyin
yozdim. Yozganimdan keyin
esimga
tushib, hayron bo’lib turgandim.
Siz
telefon qilib qoldingiz... (Sobir
vafot
etganiga so’ngi bor ishonib,
dodlab
yig’lab yubordi.)
- Robiya. Afsusdaman. Og’irroq
bo’ling.
Yig’idan foyda yo’q.
Robiya yig’idan to’xtamasdi.
Onasi
kelib, qizini ovutgan bo’ldi.
Robiya
yana yig’lab, yig’lab charchadi.
Uhlab
qoldi. Onasi Robiyani otasi bilan
Sobirnikiga fotixa o’qigani
ketdi...
Kelgandan keyin onasi qizini
boshiga
kelib, “sen albatta baxtli bo’lasan,
taqdiringga u yozilmagan ekan.
Boshqasi sani baxtli qiladi” dib,
peshonasidan o’pib qo’ydi.
Ertasi kuni tong. Soat 6:00.
Robiyani
telefoniga SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham
usha
vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya SMSni o’qidi. Lekin javob
yozmadi. Pichirlab, siz o’lgansiz
dib
qo’ya qoldi. Lekin bu unga g’ayri
tabiiydek tuyulardi. Tushga
yaqin
Sobirni raqamiga telefon qilishni
dugonasidan so’radi. Birozdan
keyin
dugonasi Robiyaga qaytib
qo’ng’iroq
qoldi. Telefonni boshqa yigit
olganini
etdi. U SMS yozmagan ekan dib
qo’shib
ham qo’ydi.
SMS kelaverdi. Kelishdan
to’xtamadi.
Har kuni. Bir xil vaqtda, soat 6:00
da
SMS kelaverdi. 1 oy bir xil SMS.
Robiya
Sobir bilan gaplashgan oxirgi
gapini
esladi. “SMS yozaman. SMSimni
kutgin”
digandi. “Lekin qanaqa qilib, buni
imkoni yo’qku. Qanaqa qilib.
Ularni
telefon raqamlaridan SMS
kelsade,
lekin hich kim yozmagan bo’lsa.
Man
javob yozsam borsa. Mani rosa
javob
yozgim keladi. Sog’indim dib.
Rosa
sog’indim. Juda sog’indim. Tunlari
yostiqlarim ho’l bo’lib ketadi,
sizni
eslayverganimdan. So’gindim dib
yozgilarim keladi. Lekin kimga
yozaman. Man yozganimni ular
o’qimasalar. Kimga yozaman????”
shunaqa lar dib yig’lardi.
Yana tong. SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham
usha
vaqtda SMS yozdim))”.
Tanish xolat. Qaytib qo’ng’iroq
qildi.
Boshqa chiday olmadi. Telefonni
so’ramoqchidi. Bunday azobga
chidolmasdi. Telefonni bir
boshqa yigit
oldi.
- Allo.
- Assalomu Alekum.
- Voalekim Assalom. Eshitaman
sizni.
- Manga haligacha SMSlar kevotti.
Soat
6:00da. Avvalgidek.
- (chuqur ho’rsinib). Man Sobirni
akasiman. Uni telefonini man olib
yuribman. Avval etganizdan
keyin,
kompaniyaga bordim. Ular
arxivni
ko’rib, tasdiqlashdi. Keyin telefon
ustaga olib bordim. Ular bunga
SMS
yuboruvchi programma
o’rnatilganini
etishdi. Unga SMS yozib,
hohlagan
paytga yuborishga qo’ysa
bo’larkan.
Sobir sizga SMS jo’natishni har
kungiga
qo’ygan ekan. Programmani
o’chirish
uchun parol terish kerak ekan.
Afsuski
bilmayman. Usta o’chirsa, boshqa
narsalar ham o’chib ketar ekan.
Ukamni telefonida uni eslatuvchi
ko’p
narsalar bor. Shunga o’chirtira
olmadim. Sizga etmoqchi edik.
Lekin
qanday etishni bilmadim. Nima
dib
o’ylashizni bilmadim. O’zizni
telefon
qilishizni kutdim. Sizdan bir
iltimosim
bor edi. Iloji bo’lsa biznikiga
keling.
Onam sizni ko’rmoqchi edilar.
Ukamni
xonasi shunday turibdi. U yerga
oldin
kirmasdilar. U o’lgandan keyin,
uni
eslab xonasiga kirib, sizni
rasmlarizni
ko’rdilar... ushanga siz bilan
ko’rishmoqchilar. Yo’q dimang.
Hohlasangiz, uyizdan borib olib
ketishadi.
- ... (uzoq o’ylanib. Sobirni
hurmati
uchun ham rozi bo’lishga qaror
qildi).
Hop. Faqat oyim ham man bilan
boradilar.
- Mayli. Sizni 11:00 larda olib
ketgani
boraman. Manzilizni etvoring.
Robiya manzilini etdi. Keyin
onasiga
etdi. Onasi boshini egib, mayli
ishorasini qildi.
Sobirni akasini ularni uyidan olib
ketdi.
Uyda Sobirni onasi Xadichaxon
opa
ularni yig’lab kutib oldi. Yig’i
orasida,
“o’glim yeta olmagan kelinim
kelibdi”
digan so’zlari ham bor edi. Ular
Robiyani quchoqlab, rosa
yig’ladilar...
Sobirni akasi o’zini bolasini
quchoqlab,
homush o’tirardi...
Robiya onasi bilan qaytib olib
ketvotganda, akasi gap boshlab
qoldi:
“Man ukamni yahshi bilmas
ekanman.
Siz haqingizda ko’p gapirardi.
Sovchi
ham yubormoqchi edi. Afsuski...
Telefonini man olib yuribman.
Ishlatishgamas. Shunchaki uni
tanishlari, kimdir telefon qilsa
man
gaplashaman. Ko’plar uni
olamdan
o’tganini bilishmidi.
Tushuntiraman.
Ko’plarni kayfiyati juda tushib
ketadi.
Manga ham qiyin. Har telefonda
uni
eslab, uni tanishlariga javob
berish. Uni
o’lganini eshitgan tanishlari, u
ko’p
yahshilik qilganini etib berishadi.
Shu
mani ukammidi dib o’zimdan
so’rab
qolaman. Hich qaysinisini man
bilmasdim. Tarixga yozilgulik
ishlar
qilgan ekan. Undan qovotganini
bizani
eslashimizamas. Uni qigan
yahshiliklari
ekan. Ushanga faqat yahshilik
qilish
kerak ekan. Uni birorta odam
yomonlamadi. Faqat afsus
diyishadi.
Ko’pchilik akasidan o’rnak oladi.
Havas
qiladi. Manda teskarisi. Ukamga
havas
qilish. Undan o’rnak olish... Sizga
yana
bir gap. Sizga Sobirni unuting
dimayman. Lekin endi o’zizni
hayotingizni qurishiz kerak.
Xotiralar
bilan yashab bo’lmaydi. Uni
unutsez
biza hafa bo’lmimiza. U endi yo’q.
Hich
narsani o’zgartirolmimiz. Yana
sizga
boradigan SMSlar. Hohlasangiz
uni
o’chirtirishim mumkin. Kerak
narsalarini ko’chirtirib oldim.
Shuni
o’zizdan so’ramoqchidim?” dib
etib
qoldi. Robiya, indamadi.
Faqatgina,
qolaversin dib etdi...
Ertasi kuni tong. Soat 6:00.
Robiyani
telefoniga SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham
usha
vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya smsni yoddan bilsa ham,
baribir o’qidi. Keyin: “Aldoqchi,
uyqichi. Har doim manga o’ziz
yubormas ekansiz. Man aniq bir
vaqtda
eslab yuboradilar dib o’ylardim.
Sizga
ishonardim. Yolg’onchi. Sizdan
nafratlanamaaaan, mani tashab
ketdiz”
deb telefonini devorga otib
sindirdi.
SIM kartasini olib, uni ham
sindirib
tashladi. U endi Sobirni
unitmoqchi edi.
Boshqa telefon ishlatmoqchi
ham
emasdi...
Bir necha yillar o’tib, taxminan 4
yillar.
SIM karta ishlatilmagi uchun shu
raqam
qayta sotuvga chiqdi. Ancha
oldin
sotuvga chiqdi. Chiroyli raqam
bo’lmagani uchunmi, yoki
nimadir
sabab bu raqam sotilmadi.
Kompaniyadan bir kishi bu
raqamni
sotib oldi. Uyga kech keldi.
Sumkasidan yangi telefon olib,
uni
joyladi. Va uhlab yotgan xotinini
yoniga qo’yib qo’yib, xotinini
yuzidan
o’pib qo’ydi.
Erta tong. Soat 6:00. Yangi
telefonga
SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham
usha
vaqtda SMS yozdim))”.
Ayol cho’chib uyg’onib ketdi.
Yonida
telefon turibdi. Telofon bantik
bilan
o’ralib, qog’oz yopishtirilgandi.
Unga
“Robiya tug’ilgan kuning bilan
tabriklayman. Endi sanda ham
telefon
bor. Oddiy raqam oldim. Turmush
o’rtog’ing Sanjar” dib yozilgandi.
SMS ni
qayta o’qidi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib
qolmadingmi? Mana bugun ham
usha
vaqtda SMS yozdim))”...
Robiya pichirlab: “Sog’indim,
lekin
oldingilaridam ham ko’proq”.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4