©... "" HAYOT GÖZAL
""
U juda sohibjamol edi. Boshqa qizlarga
öxshamasdi. Hayotga özgacha nigoh bilan
boqardi. 19 yoshli gözal qizni tabiiy
ravishda sevuvchilar ham bisyor edi. Lekin
uni atrofidagi yigitlar umuman
qiziqtirmas, qanaqadir özgacha va
betakror sevgini kutardi. Yuragining tub-
tubidan uning kelishini ham his etib
turardi.
Shunday kunlarning birida har kungidek
darsga kelgan qizning hayotida ajoyib va
muhim bir hodisa röy berdi. Qishning
sovuq nafasidan qochib ichkariga kirgan
qiz öz örniga ötirarkan, közi partasining
ustida turgan qip-qizil atirgulga tushdi.
Ushbu nafis gulning bandiga biriktirilgan
pushti qog'ozchaga atiga ikki jumla
yozilgandi: "Hayot gözal..."
Negadir qizning lablarida tabassum
uyg'ondi. "Qiziq,- öylardi qiz,- juda
chiroyli gul ekan, ammo uning egasi kim?"
Shu asnoda gulga qarab jilmayib turgan
qizni körgan kursdoshlari bir-birlariga
ma'noli qarab qöyishardi. Keyingi
kunlarda yana bir-ikki bor bu holat
takrorlandi. Qip-qizil atirgul va doimgi bir
xil dastxat... Qiz bu gullarning sohibi kim
ekanligiga judayam qiziqardi. Ammo
harchand urinmasin gullarni
yuborayotgan kishining kimligini bila
olmasdi... Fevralning odatiy kunlarining
birida qiz öz tug'ilgan kunini nishonlash
uchun uyqudan ertaroq uyg'ondi. Körgan
shirin tushidan entikib jilmayib qöydi.
Derazadan qor yog'ayotganini körish
mumkin edi. Bu manzarani yaxshiroq
körish uchun qiz köchaga qaradi va
birdan özgacha hayajonlanib ketdi.
Röparadagi dökonchaning oppoq
devoriga har xil böyoqlarda katta qilib
yurak shakli chizilgan, uning ichiga qiz
ismining bosh harfi yozilgandi. Eng ajoyibi
esa, surat tagiga ösha sirli dastxat
qöyilgandi: "Hayot gözal!" Surat yonida
dökoncha egasi asabiy holda telafonda
kim bilandir gaplashar, aftidan bu surat
unga umuman "yoqmagan" edi. Qiz bölsa,
yana bir bor ösha sirli yigit haqida
öylardi...
U döstlarini bazm dasturxoniga taklif
qilarkan, uyi yaqinidagi qandolat dökoniga
kirib tug'ilgan kun tortini buyurtirdi.
Ziyofat yugur-yugurlari bilan kun böyi
band böldi. Kech tushgach döstlarini kutib
olarkan, uyiga buyurtma qilingan tortni
olib kelishdi. Öyin-kulgu, tabriklar,
sovg'alar... Hammasi ajoyib edi. Eng
ajoyibini esa qiz tortni kesish vaqtida
kördi. Tort bezaklari orasida bejirimgina
harflarda yozilgan shunday sözlar bor edi:
Hayot gözal...
Ertasiga qandolat dökonidan tort haqida
surishtirgach qizga dasthat sohibining
22-23 yoshlar atrofidagi, kelishgan yigit
ekanligi ma'lum böldi xalos. Qiz endi doim
ösha sirli yigit haqida öylardi. Uning özini
kuzatib yurganligini ham yaxshi bilar,
odamlar orasidan uning qiyofasini
axtarardi. Avvallari doim öychan
yuradigan qiz endi kulib, jilmayib yurar, bu
tabassumi uni yanada go'zalroq va
jozibador körsatardi. Qiz öziga
yuborilayotgan har bir gulni qöliga olib
zavqlanar, chindan unga hayot judayam
gözal körinardi...
Shunday sirli va qiziq öy-hayollar
og'ushida bahor kirib keldi. Tabiat xuddi
öziga oro berayotgandek yashil rangga
belana boshladi. Shunday tonglarining
birida velosipedda sayrga chiqqan qiz
musaffo havo va xiyobondagi yashil
gözallikdan zavqlanardi.
Lekin velosiped g'ildiraklarini
harakatlantiruvchi zanjir örnidan chiqib
ketib, qiz töxtashga majbur böldi. U
zanjirni joyiga örnatishga urinardi-yu buni
hech eplolmasdi.
- Balki yordamim kerakdir?
Qiz yoniga kelib töxtagan velosipedli
yigitga qaradi. ... Davomini oqiw uchun manabu silkaga bosing http://m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupJoin&st.groupId=53083624374397&_prevCmd=altGroupMain&tkn=7108
m.ok.ru/zakirit.qil
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев