o`lganni ko`rdim. Yo`qdan bunyod bo`lganni
ko`rdim - Ko`rib yurgan qandini ursin,
Ko`rmaganni ko`rgani qursin. Ishi tushsa -
itingni sizlar, Ishi bitsa - narini izlar.
Boshingga ish tushishin ko`zlar - Mayli,
magar soyaday yursin, Ko`rmaganni
ko`rgani qursin. Emish tutgan qo`lingni talar,
Lek tepganning etigin yalar, Nokasligi jonga
o`t qalar Mard bo`lib bir dangal yuz bursin,
Ko`rmaganni ko`rgani qursin. Ko`mir bo`lsa
balki qo`l ko`mir, Temir bo`lsa balki zang
temir. Ildizi yo`q, mo`rt unda tomir - Asli
po`klar qanday tik tursin, Ko`rmaganni
ko`rgani qursin. Yo`qchilikda izlar panohni,
To`qchilikda chiqarar shoxni. Topib bo`lmas
bunday gumrohni - Ayting, ayting - insofin
bersin, Ko`rmaganni ko`rgani qursin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2