Предыдущая публикация
Balkonga chiqib, sigaret chekib tursam, ro'paradagi - yong'oqmidi, chinormidi, hozir eslolmayman - daraxtdan bir yaproq uzilib, uchib-uchib kelib, oyog'im ostiga tushdi. Bosgan edim, "qisir-qisir" etib maydalanib ketdi. Shunda bo'lajak romanning birinchi jumlasi tug'ildi: "Kuz o'lim to'shagida yotgan bemorga o'xshaydi, oyoq ostida kasalmand hazonlar ingraydi". Asarning musiqasi topildi! Shoshilinch bilan statsionardan chiqib ketib, "Tushda kechgan umrlar" romanini o'ttiz kunda yozdim" (O'tkir Hoshimov).
Bir asar dunyoga kelishining naqadar ajoyib tarixi! Juda ta'sirlandim. Qaniydi har gal yaproqlar to'kilganda ana shunday shedevr asarlar yaratilaversa!..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев