Toshkentda bir kunda 722 raqamli o‘nlab Range Rover’larning “nomer”lari majburan almashtirilgan.
Xo'sh nega ?
Bir kechada 64 ta 722 raqamli Range Rover’ning “nomer”lari almashtirilgan...
Ijtimoiy tarmoqlarda 13-sentabr, juma kuni davlat raqam belgisi 722 sonidan iborat Range Rover yo‘ltanlamaslari bilan bog‘liq foto, video va ovozli xabarlar paydo bo‘ldi. Tarqatilgan media materiallarda asosan Toshkentdagi to‘y-marosimlarda xizmat ko‘rsatuvchi ushbu qimmatbaho avtomobillarning davlat raqam belgilari yo‘l harakati xavfsizligi idoralarida boshqasiga almashtirilganini ko‘rish mumkin.
Range Rover egalarining fikrlari
Ikkita Range Rover’i bor fuqaroning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, unga 12-sentabr, payshanba kuni soat 15:00 atrofida yo‘l harakati xavfsizligi idorasidan qo‘ng‘iroq bo‘lib, 722 raqamli Range Rover ishtirokida piyodani urib yuborish bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz bergani munosabati bilan, birrovga idoraga kelib ketish so‘ralgan.
Mashinam haydovchida edi. Men: “Xo‘p, haydovchim ishini bitirib aytgan joyingizga boradi”, dedim. Lekin u yo‘lda ketayotganida YPX xodimlari uni to‘xtatgan — o‘sha paytda 722 raqamli Range Rover’larni ushlash bo‘yicha reyd bo‘layotgan ekan. Haydovchimning haydovchilik guvohnomasi o‘zining mashinasida qolib ketgan ekan — shuning uchun mening Range Rover’imni jarima maydonchasiga olib kirib qo‘yishgan.
Ikkinchi Range Rover’imni ham: “Tezda Sergelidagi yo‘l harakati xavfsizligi idorasiga keling, mashinaning raqamini almashtirmasanglar bo‘lmaydi”, deb chaqirishdi. Nima sababdan raqamni almashtirish kerak, deb so‘rasak: “Sababi yo‘q, tepadan shunday buyruq bo‘ldi, nomerni almashtirishinglar shart”, deyishdi. Men 20:30 ga yetib bordim. Borishimga hamma hujjatlarni tayyorlab qo‘yishgan ekan. Imzo qo‘yib berdim. Mashinaning raqamini yechib olib, boshqasini berishdi va yana 540 ming so‘m pul to‘lashim kerakligini aytishdi.
“Pul to‘lamayman”, desam, raqamni almashtiryapsiz-ku, to‘lashingiz kerak, deb majburan to‘lattirishdi. Birinchi Range Rover’im esa jarima maydonchasida turibdi. Qachon qo‘yib yuborishlarini bilmayman. Aytishlaricha, mashinam nazoratga tushganmish.
Raqamlar almashtirilishi yuzasidan IIB hozircha hech qanday izoh bermagan
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Нет комментариев