Qashqadaryoda 50 yoshli ayol kelini va nabirasini o‘ldirdi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi 50 yoshli ayol 26 yoshli kelini va uning 2 yoshga to‘lmagan farzandini shafqatsizlarcha o‘ldirishda gumonlanib ushlandi. 28 avgust kuni bir nechta pichoq jarohatlari olgan qurbonlarning jasadlari topilgan. Qotillikda gumon qilingan shaxs shu kuni hibsga olingan, deb xabar beradi centralasian.org.
G‘uzor tumanidagi ikkita mustaqil manbaga ko‘ra, Yangikent qishlog‘ida yashovchi 50 yoshli A.A. kelini R.E.ni o‘ldirganidan keyin va uning ikki yoshga yetmagan o‘g‘li A.ni ham o‘ldirgan.
Marhumaning qarindoshlarining aytishicha, qotillikning sababi qaynona va kelin o‘rtasidagi mojaro bo‘lishi mumkin. Ularning so‘zlariga ko‘ra, janjallar ko‘pincha 50 yoshli ayol va uning o‘gay o‘g‘lining rafiqasi o‘rtasida bo‘lgan.
— Bu oilada bir nechta o‘g‘il bor edi. Marhum R.E.ning eri Moskvaga pul ishlashga ketayotgan edi. Uning onasi o‘gay edi. Ayol keliniga hayot bermadi, ular o‘rtasida ko‘pincha janjallar kelib chiqardi. 28 avgust kuni soat 2-3 larda qaynonasi kelinining xonasiga kirib, unga va nabirasiga pichoq bilan jarohat yetkazkan. Qaynona ona va o‘g‘ilni o‘ldirib, ularni ko‘rpa bilan yopib qo‘ygan, — dedi manba.
Ushbu oilaning boshqa bir qarindoshiga ko‘ra, o‘sha kuni qaynona kelin va nabirasini jasadini topganini mahalla raisiga xabar qilgan.
— U mahalla raisiga kelini va nabirasi kechki ovqatdan oldin xonadan chiqmaganini aytdi. "Va men kelinning xonasiga kirganimda, kelin va uning bolasining jasadini ko‘rdim", deb tan olgan ayol. O‘sha kuni uning uyiga bir necha milisiya xodimlari va prokurorlar kelishgan, — dedi shafqatsiz qotillik sodir bo‘lgan oilaning qarindoshlaridan biri.
Prokuraturaga yaqin manbaning so‘zlariga ko‘ra, o‘ldirilgan kuni qaynona kelini va nabirasining qotili sifatida gumonlanib, hibsga olingan. Tergov davomida qaynona shafqatsiz jinoyatini tan olgan.
G‘uzar tuman prokuraturasi qotillik haqidagi ma’lumotni tasdiqladi, ammo tafsilotlarni oshkor eta olmasligini qo‘shimcha qildi.
Prokuraturaga yaqin manbaning aytishicha, kelini va nabirasini o‘ldirishda gumon qilinib hibsga olingan 50 yoshli ayol viloyat polisiyasi tergov izolyatoriga joylashtirilgan.
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Нет комментариев