Turkiya kompaniyasi Namanganning Nanay qishlog‘ida sayyohlik zonasi barpo etish loyihasini taqdim qildi
Namangan viloyati hokimligida Turkiyaning “Idealist” me’morchilik va muhandislik kompaniyasi tomonidan Nanay turistik zonasi loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.
Nanay turizm markazi 27,9 gektar maydonda barpo etiladi. Uning tarkibiga 549 o‘rinli besh yulduzli va 251 o‘rinli to‘rt yulduzli mehmonxona, 4000 o‘rinli qishki va yozgi tomoshalar zali, ko‘rgazmalar markazi, hunarmandlar ustaxonalari, shuningdek, qator ko‘ngilochar inshootlar kiritilgan.
Nanay kichik turizm zonasi esa 14,5 gektar hududda joylashib, unda jami 920 o‘rinli ikkita besh yulduzli mehmonxona, 549 kishiga mo‘ljallangan nafas yo‘llari va diabet kasalliklarini davolash sihatgohi, 78 ta villa-mehmonxona, zamonaviy savdo markazi, restoran va kafelar, tog‘ dor yo‘li singari obyektlarni barpo etish ko‘zda tutilgan.
Loyihaning asosiy maqsadi hududning tabiiy sharoitlaridan foydalangan holda ekologik turizmni rivojlantirishdan iborat. Taqdimot chog‘ida loyihaga qator qo‘shimchalar kiritish haqida fikr almashildi. Keyinchalik ushbu loyihadan o‘rin olgan bino va inshootlar qurilishi investorlarga taklif etiladi.
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 1