Dardlardan koʻngilda quvonch qolmadi.
Aldanib aldanib yolgʻon dunyoda,
Xudodan boshqaga ishonch qolmadi.
Yonimda maqtashib oshim totdilar,
Ortimdan pinxona toshlar otdilar.
Ishongan doʻstlarim arzon sotdilar,
Xudodan boshqaga ishonch qolmadi.
Jonim tutganlarim dushman tomonda,
Adashsam oʻqlari tayyor kamonda.
Atrofga soxtalar toʻlgan zamonda,
Xudodan boshqaga ishonch qolmadi.
Soxta ekan yonib kuyganlarim ham,
Ulfatim deb sharob quyganlarim ham.
Pulsiz qolsam ketdi suyganlarim ham,
Xudodan boshqaga ishonch qolmadi.
Oqibatim kunu tunimda edi,
Tarifi har joyda tilimda edi.
Dilim ogʻritganlar dilimda edi,
Xudodan boshqaga ishonch qolmadi.
Bazan haqiqatdan chalgʻitdi koʻzim,
Boshga balo boʻldi aytilgan soʻzim.
Gohida oʻzimni aldayman oʻzim,
Xudodan boshqaga ishonch qolmadi.
Bir dunyo dard bilan kulib yuribman,
Bariga jim sabir qilib yuribman.
Kimning kimligini bilib yuribman,
Xudodan boshqaga ishonch qolmadi.
https://www.youtube.com/watch?v=DWkLTzKaWDA
https://www.youtube.com/watch?v=hUb2o82PHIo #mudofaa #mudofaavazirligi #armiya #armiyauzbekistan #askar #harbiy
...https://www.youtube.com/watch?v=U_UbUPWiYz0
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев