Предыдущая публикация
"Arsenal" tarkibida ijara asosida o‘ynayotgan Martin Edegorning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.
"Marca" nashrining yozishicha, Madrid klubi norvegiyalikni sotib yubormoqchi bo‘lmayapti. Edegor esa sovrinlar yutish uchun "Real"ga qaytishni istamoqda. Biroq uning "qirollik klubi"dagi o‘rni qanday bo‘lishi aniq emas.
"Arsenal" esa 22 yoshli futbolchini tarkibda olib qolishni istamoqda. Biroq ijara shartnomasida bunday huquq berilmagan. "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchining o‘yinlaridan mamnun bo‘lmoqda.
Ushbu mavsumda Edegor APLning 8 o‘yinida qatnashib, 1 gol urdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев