*Men bilan munosabatingizda kuchingizni ishlatmang; Bu menga hisob-kitob faqat kuch bilan hal qilinishi kerakligini o‘rgatadi.
*Amalga oshira olmaydigan ishlaringiz haqida menga va’da bermang; Bu sizga bo‘lgan ishonchimni yo‘qotadi.
*“Sizni yomon ko‘raman” – desam hafa bo‘lmang, bu haqiqat emas. Shunchaki menga qilgan ishingiz uchun afsuslanishingizni istayman.
*Men o‘zim qilayotgan ishda menga yordam bermang; Buning natijasida men doim sizning yordamingizga o‘rganib qolaman.
*Xuddi do‘stlaringiz bilan bo‘lgan munosabatingiz kabi men bilan munosabatda bo‘ling; Shunda men ham sizga do‘st o‘rnida bo‘laman.
*Hammasidan ham ko‘ra sizni ko‘proq yaxshi ko‘raman; Iltimos menga ham shunday munosabatda bo‘ling.
*Mening sizga bo‘lgan ishonchimni yolg‘on bilan sindirmang; Buni sezib qolsam, men ham yolg‘on gapirishga o‘taman.
*Meni xato qilishdan asramang; Shu bilan men o‘z tajribamni oshiraman.
*Men savollar berishni boshlaganimda, mendan tezroq qutilishga shoshilmang; Aks holda sizdan olmagan javoblarimni boshqa joylardan izlashimga to‘g‘ri keladi.
*Sizda qiyin va og‘ir kunlar ekanligini men ham his etaman; Siz bilan o‘sha vaziyatda yashashga menga imkon bering. Siz menga ishonsangiz – men ham sizga ishonaman.
*Shunchaki turmush qurganingiz sabab emas, men sizning sevgingizdan dunyoga kelganimni bilishni istayman; Sizning janjallaringiz esa mening eng qo‘rqinchli xavotirimga sabab bo‘ladi…
Bu fikrlar Fitness for Brain saytidan olindi. Ular maqola muallifining shaxsiy fikrlari bo‘lib, men ularga qo‘shilaman. Shu bois sizlarga taqdim etyapman. Agar siz yuqoridagi fikrlarni noto‘g‘ri deb hisoblasangiz yoki sizda boshqa fikrlar mavjud bo‘lsa fikr bildirish orqali biz bilan bo‘lishing...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8