Og'ir hastalikka chalingan bir yigit bor edi. U tuzalmaydigan bemor edi. U 18 yoshda va istalgan vaqtda hayotdan köz yumishi mumkin edi. Butun umrini uyda qamalib olganicha, onasining g’amxörligi ostida ötkazardi. Hech qachon köchaga chiqmasdi. Ammo bir
kuni uyda ötirishdan zerikib, köchaga chiqqisi keldi. Onasidan ruhsat olib
köchaga chiqdi. U köp qavatli uylar böylab ötgan yölakdan yurib ketar va öz yölida köplab butiklarni uchratardi. CD disk sotiladigan dökon oldidan ötib borarkan, dökon oynasi orqali ichkariga qaradi. U töxtab shu dökonga kirish uchun orqasiga
qaytdi. Ichkarida taxminan özi tengi bir qizga közi tushdi. Qizni köriboq yuragi g'alati ura boshladi. U eshikni ochib, qizdan boshqa hech narsaga qaramasdan ichkariga kirdi. Yigit qiz ötirgan stolga yaqinlashib keldi. Qiz boshini kötarib söradi: "Salom, sizga qanday yordamim tegishi mumkin?” Qiz jilmaydi va bu tabassum yigitning nazdida shu paytgacha körgan eng gözal tabassum edi. Yigit: "A…ha…um… Men CD sotib olmoqchi edim.” U bitta diskni olib pulini töladi. "Uni sizga örab beraymi?”, söradi qiz yana boyagi tabassumi bilan. U boshini qimirlatib tasdiqladi va qiz ichkari xonaga diskni qadoqlash uchun kirib ketdi. Biroz vaqtdan söng qiz qaytib keldi va yarqiroq qog'ozga öralgan diskni yigitga uzatdi. Yigit diskni olib dökondan chiqdi. Shu kundan boshlab u har kuni CD dökoniga borar va disk sotib olardi. Qiz esa öz navbatida doim diskni örab berardi. Yigit disklarni öz xonasidagi shkafga
tashlab qöyardi. U xanuz qizga öz könglini ochishga, uni biror joyga taklif qilishga uyalardi. Buni juda xohlasada hecham qilolmasdi. Bir kuni onasi bu haqda bilib qoldi va unga qizni biror joyga taklif qilishni maslahat berdi. Yigit ertasi kuni özining butun jasurligini yig’ib dökonga bordi. Doimgidek disk sotib
oldi, qiz ham diskni qadoqlash uchun ichkariga kirib ketdi.
Biroz vaqt ötgach, yigit diskni olarkan qizga sezdirmasdan, stol ustiga xat tashlab qöydi. U ketgach qiz stol ustidagi qog'ozni körib, uni ochib öqidi. Qog'ozda yigitning
telefon raqami va shu sözlar bor edi: "Iltimos, qöng’iroq qil!"...
Ertasi kuni u yigitga qöng'iroq qildi. Göshakni uning onasi kötardi: "Allo” Qiz yigitning dösti ekanligini, mumkin bölsa uni telefonga chaqirib berishni söradi. Narigi tarafdan esa yig'i ovozi eshitildi: "Bilmasmidnigiz? U
kecha olamdan ötdi...” Telefon liniyasi yigitning onasining yig’isini hisobga olmaganda jim-jit edi. Ösha kuni kechroq ona ög’lini sog’inib, uning xonasiga kirdi. U birinchi bölib ög’lining kiyim-
kechaklarini közdan kechirishni öyladi va shkafni ochdi. Shu vaqtda nigohi uyum-uyum qadoqdagi ochilmagan CD disklarga tushdi.
Ona buncha disklarni
topib olganidan hayratda edi. U disklardan birini qöliga olib, divanga borib ötirdi va uni
ochishni boshladi.
Qadoq ochilganida uning ichidan bir bölak qog’oz parchasi yerga tushdi. Ona uni qöliga olib öqiy boshladi. Qog'ozchada shunday yozigandi: ”Salom… Chiroyli kularkansan, umid qilamanki endi dökonimizga tez - tez kelib turasan, hurmat ila Jeysilin". Ona boshqa CD ni ochdi. Unda ham bir bölak
qog’oz bor edi. Unda ham avvalgisi kabi dastxatda shunday yozilgandi: ”Salom, menimcha sen juda ham kelishgan yigitsan. Men bilan biror joyga borishni xohlamaysanmi? Sevgi bilan, Jeysilin"
Ona yig'laganicha har bir disk qutisini ochib qarar, qutilarning hammasida möjazgina sevgi maktublari bor edi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12