''Baxtli odamlarning 8 odati...''
1.Boshqalar xavotirlanadigan narsalar ustida qayg‘urishmaydi.
Negativ fikrlardagi insonlarning gap-so‘zlariga e’tibor berishmaydi. Xuddi ularning gaplari og‘izlaridan chiqib, havoda o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketgani kabi. Yana ular kamchiliksiz insonlar bo‘lishiga ishonishmaydi, har kimning kamchiligi bor, lekin muhimi ishonchli inson bo‘lish, deb hisoblashadi.
2.Har doim, hammaning yaxshi hislatlarini ko‘rishadi.
Har bir yomon odamning yaxshi tomonlari ham mavjud. Shuning uchun hammaga yomon tomondan qarash kerak emas. Agar inson yaxshilik qilsa bu maqtovga loyiq, agar yomon bo‘lsa – u holda bu siz uchun bir tajriba bo‘ladi.
3.Har doim do‘stliksevar bo‘lishadi.
Ularga sizning tashqi ko‘rinishingiz yoki qayerdan kelganingiz muhim emas. Siz yaxshi inson bo‘lsangiz va siz bilan hursand kayfiyatda vaqt o‘tkazib, kulish uchun yana bir insonning paydo bo‘lgani ular uchun yetarli.
4.Har doim kulib yurishadi va pozitiv fikrlashda bo‘lishadi.
“Biz baxtli ekanligimizdan kulmaymiz; Kulganimizda baxtli bo‘lamiz” (Uilyam Jeyms)
5.Bugunni yashaydilar.
“Hayotim davomida bir qancha og‘ir kunlarda yashadim; Lekin ularning ko‘pchiligi o‘z yo‘lida o‘tib ketdi” (Mark Tven).
Ular yakshanba tongini, yangi avtomobil yoki kiyim sotib olishni kutib yashaydilar. Yoz yoki kuzni kutib yillarni o‘tkazishni istamaydilar.
6.Hech kim ideal emas ekanligini bilishadi.
Ular o‘z ishlari va harakatlaridan qoniqib yashaydilar. Agar biror rejalari amalga oshmasa, bu bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat deb qaraydilar, u haqida bosh og‘ritmaydilar. Chunki barcha narsani amalga oshirishning hech qachon imkoni bo‘lmagan.
7.Atrofdagi hayotni o‘zgartirish.
Inson bu bilan o‘zini yanada baxtli his etadi. Bu uchun vulqon yoki sunamini to‘xtatib qolish shart emas. Shunchaki, odamlarga kulib muomala qilish, mehr berish, kichik sovg‘alar ulashib turishning o‘zi kifoya.
8.O‘rganishda davom etishadi.
Ular dunyo, odamlar va hayot haqida yangi narsalarni bilishga intilishadi. Chunki biz bilmagan va juda qiziqarli bo‘lgan narsalar hali ko‘p. Yangi narsalarni o‘rganish insonning hayotga bo‘lgan qiziqshini yanada oshiradi.
Shunday ekan, baxtli odamdek yashash uchun bizga hech narsa halaqit bera olmaydi. Siz nima deb o‘ylaysiz? Yuqoridagi fikrlarga qo‘shimcha yoki qarshi fikrlaringiz bo‘lsa, albatta boshqalar bilan bo‘lishing....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 20
nafas olayabszmi siz yawayabsiz demak baxtlisz...
yorug kunla xali oldinda...
Baxtga faqat intiliw kerak.
qorquvni butkul oylamang.
men baxtliman.... men baxtliman....men judayam baxtliman...meeen eeng baxtlii insonman... meeeen baaaxtliiimmannn
Qachondir keladigan kimdur...
Yoki...
Birkuni yõlimizda albatta uchrab qoladigan nimadir...