QIZLAR
QANDAY EKAN???
(Savolnomada
javob berishga shoshmang, avval
bu yerdagi yozuvni oxirigacha o`qing!!!) adnodagi temalarni o`qir
ekanman bir savol aylanib ham,
o`rgilib ham fikrimni egallab
olaveradi.
Bu – qizlar haqida
yigitlar so`z ochganda ba`zida
uchraydigan gap, ya`ni: “90 FOIZ QIZLAR YOMON” yoki “KO`PCHILIK
QIZLAR YOMON” degan gapni
qaytarilishi.
Goh u gruppada, goh
bunisida! Endi esa shunday
deydiganlarga aytadigan e`tirozlarimga kelsak, bir
boshidan izohlashga harakat
qilaman, faqat oxirigacha o`qing,
erinmang… 1) 90 % yoki
deganda nimani tushunasiz? Bu
aniq raqam! Demak, 90% bu – 10
ta qizdan to`qqiztasi degani. Endi
siz taniydigan 10 ta qizni tanlab
oling hayolan. Atrofingizdagi qizlardan: qo`shni, ishxonadagi,
o`qishdagi,
qarindoshlardan. Qarindoshlar
deganim nafsoniyatingizga
tegmasin iltimos, shunchaki 10
tadan 9 ta qiz yomon chiqmasligini ko`rsatish
niyatim. Ho`sh, tanlab oldingizmi?
Endi yaxshilab o`ylab ko`ring. Har
kuni
sizga salom berib siz haqingizda
yomon hayolga bormaydigan hamkasbingiz, yoki sizni
ko`zingizga qarashga uyaladigan
kursdoshingiz,
yoki akajon deb sizni ko`rsa
quvonadigan jiyaningiz… Nahotki
shu 10 ta qizdan 9 tasi yomon tabiatli, yomon xulqli bo`lsa?
Negadir ishonish
qiyin… 2) Ho`p
mayli, siz aniq raqam
aytmadingiz 80 yoki 90 % deb,
lekin
KO`PCHILIK degan so`zni ishlatdiz.
Ko`pchilik deganda nimani tushunasiz? Hisob-kitobdan
xabari bor odam uchun
ko`pchilik deganda
eng kamida 50% dan ortig`ini,
ko`pi bilan esa 99 % ni
tushunadi. Yana raqamlarga kelib taqaldiku, ana
xolos! Nahotki siz tanigan 10 ta
qizdan
kamida 5 tasi, ko`pi bilan esa 9
tasi yomon tutadi o`zini?
Yaxshilab o`ylab ko`ring-a… Yoki ko`cha-ko`yda
ketyapsiz tasavvur
qiling. Qarshingizdan chiqqan har
ikki qizdan biri sizga ko`z qisib
yoki “Yaxshi yigit,
tanishsak bo`ladimi?” deb e`tibor qilishsa. Yomon qizlar aynan
shunday,
hayo, iboni sal unutib qo`ygan
bo`ladiku, to`g`rimi? Bu holat siz
aytgan raqamlarga to`g`ri
kelyapti o`ylab ko`rsangiz. 3) Agar siz bu raqamlarni
adnodagi qizlarga nisbatan
aytayotgan bo`lsangiz, yana
adashasiz. Chunki adnoga 1
million o`zbek qizi kirsa shundan
900 mingtasi hech qanaqasiga yomon bo`lishi mumkin emas.
Agar shunday bo`lganda edi
adnoda yaxshi mavzularda
suxbat qilinadigan gruppalar
sanoqli bo`lar edi. Habaringiz bor
o`zbek gruppalari ichida 10-20 ming a`zosi bo`lgan
gruppalar ko`p. Ularning
mavzulari
oddiy: hikoyalar, voqealar, sherlar
va boshqalar. Siz bilgan yomon
qizlar to`planadigan gruppalarda esa
juda kam odam yig`ilgan razm
solsa. Va u
yerdagi qizlarni no`malum qismi
“niqobdagi qiz” ya`ni qiz
profilidan kirgan yigitlar ekanligi sir
bo`lmasa kerak. Yuqoridagi
gaplarimga jaxlingiz
chiqmasin aziz do`stlarim.
Shunchaki siz hisobda ancha
yanglishganingiz ko`rsatish edi
niyatim. Endi masalaning SIZ UCHUN YOMON TARAFIGA o`tsak
ijozatingiz bilan: 1) TUXMAT! Ha,
aynan tuhmat! Bordiyu qizlarning
5 foizigina yomon bo`lsa (Allohga
ayon qanchaligi) demak siz 85 %
qizga tuxmat qilgan bo`lasiz
“90% qizlar yomon” degan gapingiz bilan. Agar
sanoqli bo`lsa yana undan ham
ko`piga. Tuxmatni esa siz tuxmat
qilgan odamingiz
kechirmaguncha gunohi
ketmasligi haqida aytilgan. Aks holda Qiyomatda javobini
berishingizga to`g`ri keladi. Endi
tassavur qiling siz aytgan foizga
teng sonli qizlardan kechirim
so`rashingizni.
Buni iloji yo`q, to`g`rimi? Shunday ekan, bu katta yuk bilan
Qiyomatda qiynalib
qolmaysizmi?.. 2) FOL OCHISH!
Xabaringiz bor folbinlar Alloh
biladigan narsalarni bilaman deb
da`vo qiladi. Siz ularga o`xshab
qolmayapsizmi?.. 3) OSHIRIB
GAPIRISH, ya`ni YOLG`ON!
Yolg`onni qanday katta gunohligi
haqida ko`plab Hadis va Oyatlar
o`qigandirsiz yoki
eshitgandirsiz… Shu yerda to`xtaqolaylik. Sizga shunday
katta gunoh yuki kerakmi?
O`zingizga savol berib ko`ring
keyingi safar 90 FOIZ yoki
KO`PCHILIK deb gapirishdan
oldin. Unutmang odamning hayoti davomida qiladigan
gunohlarini katta qismi til bilan
amalgam oshirilar ekan. Ya`nikim
bu kabi aytgan gaplarimiz
(tuhmat, bo`xton, g`iybat,
chaqimchilik, fitnalar) o`zimizga qimmatga tushishi mumkin. Agar
juda ham sabringiz yetmasa
gapni ichingizda ushlang shuni unutmang...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 304
QIZLARNI QILMANGIZ ERMAK
ULAR ZURYODIMIZ TOLASI
SZ INSON EKANSZ DEMAK
SZ XAM MOTABAR ONA BOLASI
<<E BOLA QACHONLARDR ONANGIZ XAM QIZ BOLA BOLGAN>>WOIR BOLA..