Ozmuncha vaqt o‘tib shunday qayg‘uli kunlarida A’zam hovliqib keldi. Mohirani chekkan azoblarini ko‘rib dugonasi jim turolmabdi. A’zamni bir do‘stiga aytgan ekan "Mohira Anvar akani yaxshi ko‘radi" deb. Bu gap og‘izdan og‘iz unga yetib kelibdi.
- Obbo sen-ey, obbo do‘stim-ey... Nega oldinroq indamading?! - deb qoldi A’zam kulasolib,- o‘zim aytdim-a nega bu hayolparast bo‘lib qoldi deb.?!
Anvar do‘stini savollariga bu safar ham indamadi. “Ha do‘stim, men uni sendan oldin sevardim, sevaman” deya olmadi. O‘zini oqlaganday tuyulardi unga...
- Yo kuch sinashamizmi a?! -deya hazil qilib uni yelkasiga urdi A’zam,- bo‘pti, omadingni bersin, bu safar og‘zingga talqon solvolsang quruk qolasan...
A’zam bugun xam xar doimgidek hazili bilan muammoni hal qildi-qo‘ydi...
Eh A’zam, A’zam... Shu do‘sti qotib kulsayam oldinroq telefonda unga aytishi kerak edi. Mohiraga shuncha azob bermagan bo‘lardi...
Mohiradek qizni ko‘rgan har qanday yigit befarq ketolmaydi lekin. Yana Anvarni ko‘z o‘ngida sevigilisi gavdalanardi. O‘zi Mohira yig‘lagan paytida ham go‘zalda!.. A’zamni ham yuragidan urgandir balki.?!
Endi u nima qilsin? Uchib-yelib borsinmi suyuklisini yoniga?! Qanday kutadi uni? “Endi sevish navbati sizgami?!” desachi?! Bu turgan gap, Mohira bunday achchiq gaplarni ayta oladi. Keyin uni kechiradimi, kechira olarmikin?...
Kechalari bilan uxlolmay hayolan Mohira bilan gaplashib chiqardi. Erta tongda telefoniga uyg‘otishi uchun qo‘ygan musiqasi yangrab arang uyg‘onardi. Oldin shu musiqa yoqardi unga, sevimli musiqasi edi. Hozir eshitsa ilgargidek kayfiyati ko‘tarilmaydi. Erinibgina o‘rnidan turadi, chala qolgan darslarini qilish uchun. Lekin o‘y-hayollari qalbini o‘rtayotgan ishq azobi bilan band bo‘lib qoladi, yana hayollari iskanjasida olishadi...
Imtihonlarga ham zo‘r-bazo‘r tayyorlandi. Bir iloj qilib o‘tdida qishloqqa shoshildi. Charchadi, o‘ylashdan charchadi. Zerikdi. Onasini sog‘indi. Onasini mehridaryo so‘zlarini sog‘indi...
Anvar qishloqqa kelib ham hech narsa o‘zgarmadi, battar ezildi. Hammayoq aksincha Mohirani eslataverdi.
Mohira bilan uchrashishga ichki savollar qiynardi. Boshida nega va’da berdingiz desachi?! Endi nega keldingiz desachi?!
Sevishib ayro qolgan ikki qalb egalari uchrashishga mushtoq. Lekin Anvarni ichki savollari o‘ziga to‘sqinlik qilsa, Mohira esa xamon xafa, arazda...
Shunday dardini yutib yurgan vaqtlarida bir kuni Moxirani dugonasi kelib u bilan uchrashdi. Anvar va Mohira munosabatlari o‘rtasidagi hamma gapdan xabardor ekan. Mohirani chekkan azoblarini ko‘rib jim turolmabdi. Anvardan Mohirani alamini olardi dugonasi, "U sizni yaxshi ko‘radi. Shuni bilasizmi siz o‘zi?! Shunaqayam toshbag‘r bo‘ladimi yigit kishi?! ... " tinmay gapirdi, yig‘ib qo‘yganlarni sochib ketdi dugonasi. Lekin oxirgi gaplari... "Moxiraga sovchilar kelyapti..."
Anvarga kutilmagan zarba tushgandek gangib qoldi. Nima? Mohiraga sovchilar kelyapti?.. Shuncha payt ikkilanib yurganiga pushaymonlar bo‘lib ketdi. Do‘sti uchun sevgisidan kechmoqchi edi. Endichi? Keyin nega bormadi uchrashish uchun?
Hozirchi?! Bugun nega tuxtab turibdi?!
Mohirani esladi. Shuncha azob chekib ungayam azob berganini bilmay qolibdi.
Mohira, Mohira... ismini takrorladi.
Yig‘lama! Boshka yig‘lashlaringni istamayman!
Anvarni qalbidagi muhabbat va Mohirani unga yig‘lab aytgan oxirgi gaplari ko‘ngliga hech tinchlik bermadi. Yotga bergisi kelmasdi suyuklisini. Shular sabab, yana A’zamni o‘zi kelib ko‘nglidagi tugunni yechib ketgani sabab Mohiraga sovchi yuborishni maqsad qildi. Ha, avval opasiga aytadi, keyin opasi o‘zi qolganini do‘ndiradi...
O‘sha kuni opasinikiga bordi. Opasi ham Anvarni gaplaridan xursand bo‘lib ketdi:
- Allaqachon uylanishing kerak edi, -dedi quvonib,- shahardan beri kelmay qo‘ydinglar, oyim uyda yolg‘iz o‘zlari, mana o‘qishlaringam tugab qolay dedi, endi uylanasan. Ertagayoq borib oyim bilan gaplashaman...
Opasi aytganidek "ish"ni do‘ndirdi. Ertalab kelib onasi bilan gaplashibdi. Endi Nazokat xolani xursandligi ichiga sig‘masdi:
- O‘zim uyladim-a bu Anvarjonimni keyingi paytlarda hayoli parishon deb. Ko‘zlaringga ko‘ztumor bo‘lay bolajonim! Ha aytgancha... tog‘angga telefon qil, kelsin. Ertaga birga boramiz sovchilikka.
Xash-pash deguncha oradan bir qancha kun utmay to‘yni maslahatini qilishdi.
Anvarni endi quvonchi ichiga sig‘masdi. Mohira kelgan sovchilarni qaytaraverib Anvarni kutib charchamabdi. Ikki uch borishgandi ota-onasiyam rozi bo‘lishdi... Mana to‘ylarini ham kuni belgilandi.
Yangilikni eshitib A’zam ham shahardan "uchib" keldi. To‘y taraddudini boshlab yuborishdi. To‘yga tayyorgalikda A’zam boshchiligida qolgan do‘stlari ham xizmatni qilishyapti...
Nazokat xola to‘yni to‘yxonada qilishni hohlamadi, uy-joyim hovlimda qilaman, rahmatli dadasini ruhi poklari shod bo‘lsin dedi, o‘g‘illi bo‘lib davrini ko‘rolmadilar deya bir yig‘lab oldi, qo‘ni-qo‘shnilar, mahalla-ko‘y oldida...
- Nazokat opa, bu A’zamjongayam birortasini topib to‘yni qo‘shalok qivormadizda. - dedi mahalladosh xotinlarni biri.
- Ha A’zamjon bolam shahardan beri kelmaydi, topgani bo‘lsa aytib qolar uyam. Kelasi safar albatta A’zamjongada navbat.
Anvarni shunday quvonchli kunlari ham uyqusiz, lekin shirin bedorlik bilan o‘tmoqda, kechki payt Mohira bilan uchrashishadi. Bog‘lariga o‘tadigan devorni yangilashibdi, temir tunkadan devor qilingan, ko‘cha tomondan o‘tish qiyin, lekin oshib tushadi baribir.
- Devor oshmay darvozadan kelaveraman endi, -deydi har gal hazil qilib.
- Darvozadan kirib bo‘lgansizku birinchi kuni, - deb kuladi Mohira...
Dustlari hammasi yelib yugurib xizmat qilishayapti, kamu-ko‘stini to‘ldirib. Lekin oxirgi bir ikki kundan beri A’zamni kayfiyati yo‘kroq. Bu Anvarni e’tiboridan chetda qolmadi. Bildirmay yuribdi, lekin undan yashirolmaydi. Ikkisi xoli qolganda so‘radi:
- Hayoling boshqa joyda sani do‘stim?! Shaharda biror ishkal chiqqani yo‘qmi ishqilib?
- Yo‘g‘e, hammasi joyida. -dedi A’zam kulimsirab,- bilasanku shaharda birga yotoqxonada yashab yurgan bolani, o‘sha bilan kelishim oldidan yana tortishib qoluvdik...
- E-e do‘stim, shuni vaqtimi hozir, hech o‘ylanib o‘tirma, keyin hal qilamiz bu masalani.
- Ha esimga tushib ketdida endi, - deya A’zam ishi bilan do‘stlar yoniga qaytdi.
Do‘stini nimanidir yashirayotganini Anvar bildi. Oldin darrov aytardi unga ichidagilarini. Lekin endi birinchi marta sir saqlayotganini ko‘rib turibdi. Nima gap? A’zamga nima bo‘ldi?
Hayol bilan bo‘lib opasini chaqirganini eshitmay qolibdi, A’zam bilan keyin gaplasharman deb o‘yladida shoshib opasini oldiga ketdi.
Kechda A’zam ko‘chadan telefon qilib bu kecha eski hovlida buvisini uyida yotishini aytdi, ertalab vohli kelarmish.
A’zamni ichidagini uylab ikki dunyodayam topolmaysan kishi, o‘zi aytmaguncha. Bir o‘tirishib dardlashishlari kerak uzi. Bu o‘qish bilan, so‘ng tuy, yugur-yugurlar bilan bo‘lib ikkalasi anchadan beri do‘stona otamlashmabdi. Mayli to‘y o‘tsin, keyin...
Buvisini uyida tunab qaytgan A’zam ertalab guzarda do‘stlariga duch keldi. Boshqa sinfda o‘qishgan tengkurlari yana maktabdosh tanishlari turishardi.
- Ha-a Majnun, - deb har galgidek Murod shalax gap boshladi.
Laqabi "shalax" uni, hamma shallaqi gaplari uchun ortidan shunday deyishardi.
- Bu to‘yga shoshyaptilarmi deyman-a?
A’zam ular bilan kurisharkan:
- Nega turibsizlar, ketdik?! -dedi savol nazari bilan qarab.
- Sizni kutyapmizda Majnunbek. Bu do‘st uchun Laylidan voz kechibsizmi? - hamon sizlab masharalab gapirardi Murod,- sevgi, muhabbat nima bo‘ladi endi?
Obbo!... Mohirani bir ikki marta ko‘rib yoqtirib qolganini darrov do‘stlariga aytib qo‘yganiga pushaymon bo‘lgandi allaqachon. Shu Murod eshitgani yetmay turuvdi o‘zi.
- Xaliyam ulg‘aymabsan,- dedi A’zam uni gaplariga kulib.
- Men senga achinaman, -dedi Murod tishlarini ko‘rsatib,- mudom orqadasanda, hamma vaqt ikkinchi bo‘lib kelgansan. Yoshliginda kuch sinashdayam Anvardan yiqilarding, esingdami? Bugun bizni sevgan qizingni to‘yiga taklif qilayapsan...
- O‘o‘ bo‘ldi qil! -A’zam uni bo‘gzidan oldi,- shallaqiligini menga qilma esi past...
Yonidagilar ularni darrov ajratib qo‘yishdi.
"E-e sani... " A’zam qo‘l siltab keta boshladi.
- Bor, boraqol usha do‘stingnikiga, axir bir umr unikida yashab katta buldinku, - Murod shalaxni og‘zi tinmasdi,- borakol Laylisiz Majnun...
Ortidan hammasini kulganini eshitdi A’zam.
O‘zi qishloqdan ko‘ngli sovib qolibdi, keldi faqat odamlarni diydiyosiyu g‘iybatini eshitadi. Boshka ishlari yo‘qmi bularni birovni ishiga aralashishdan. A’zam tutoqib ketadi bundaylardan. Oxirgi kunlar parishonxotir yurishiyam bekorgamas. O‘sha kuni to‘yga zarur bulgan bir yumush bilan ketayotgandi. Ko‘chani boshida ikki mahalladosh xotinlar o‘tirishardi, ular bilan salomlashdida o‘tib ketdi. Burilishdan o‘tganda orqasidan gapirishib qolganini eshitdi.
- Shu bolaga qiyinda,- deb qoldi bittasi, - o‘gay baribir o‘gay ekanda, bo‘lmasa buniyam qo‘shib uylantirishardi.
- Qo‘ysangizchi, birovdan kam yashamayapti A’zamjon, Nazokat opa uz o‘g‘lidek voyaga yetkizdi, -deb ikkinchisi gapni oldi,- yaxshi ko‘rgani bulsa uylantirardida qo‘shib.
- Ha yo‘g‘-e, yetimlik qursin, avval o‘z bolasini keyin asrandini uylashadi, bu shundayam tayinku. O‘z ota-onasi bo‘lganida bunday yurmasdi bola bechora...
A’zam shularni o‘ylab hafaqon yuribdi. Ba’zan ichini alam kemiradi shunday paytlarda. Aqalli buvisi tirik bo‘lganda edi. Odamlar bunday gapirshmasmidi?!
Bugun tanish bilishlari, do‘sti ulfatlari yuziga gapirishdi hazil bahona. Ortidan nimalar deyishmaydi..
Shaharda esa birov bilan birovni ishi yo‘q. (Davomi 7-qismda)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2