taksichilar ovi” yanada
kuchayadi
Toshkent shahar hokimligida
matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda “Toshshahartransxizmat”
AK, Ichki ishlar bosh
boshqarmasi Yo‘l harakati
xavfsizligi boshqarmasi,
Avtomobil va daryo transporti
agentligi shahar hududiy bo‘limi,
Toshkent shahar Davlat soliq
boshqarmasi, hokimlikning
yo‘lovchi tashish transportining
barcha turlarini lisenziyalash va
muvofiqlashtirish departamenti
hamkorligida tasdiqlangan keng
qamrovli tadbirlar rejasi haqida
so‘z bordi.
Rejaga ko‘ra o‘tkazilgan 310 ta
reyd natijasida 9200 avtomobil
vositasi tekshirilgan va 1850 ta
qoidabuzarlik va kamchiliklar
aniqlandi.
Davlat soliq inpeksiyalari
tomonidan jami 163 ta
qoidabuzarlik aniqlanib, ularni
sodir etgan shaxslarga
o‘rnatilgan tartibda choralar
ko‘rildi.
Yo‘l harakati xavfsizligi
boshqarmasi xodimlari olib
borgan o‘rganishlar oqibatida
18651 ta ma’muriy bayonnoma
tuzilgan.
Matbuot anjumanida soha
mas’ullari joriy yil fevral oyining
15 sanasidan e’tiboran poytaxt
yo‘llaridagi bunday o‘rganishlar
sonining keskin ravishda
oshirilishini ta’kidladilar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев