2- qism
Tushlikdan keyin ustaxonamga bosh nazoratchi bir qop kiyim olib keldi-da, shularga to kechki ovqatgacha raqam yozib, tayyor qilib qo’yishimni buyurdi.
Bu yangi kelganlarga beriladigan kiyimlar edi. Shimlarning chap tizzasidan yuqorisi, kurtkalarning yelkasidan pasti sovun qutisicha keladigan joyidan qaychida qiyib olingan. Ustidan oq latta tikib qo’yilgan edi. Agar mahbus raqam yozilgan lattani olib tashlab qochib ketsa, qidiruvchilar kiyimidagi qiyib olingan joyidan bilib oladilar. Shu lattalarga mahbuslarning raqamini yozishim kerak. Raqam oftobda ham, qor-yomg’irda ham o’chmaydigan qora lak bilan («Kuzbas lak» bilan) yoziladi. Lak sovuqda toshdek qotib qoladi. Novvoyxonadan toshko’mir cho’g’ini kurakchada olib kelib, lak solingan bankani uning ustiga qo’ydim. Lak erigandan keyin boya nazoratchi berib ketgan ro’yxatga qarab, raqamlarni yozishga kirishdim. Raqam yoniga mahbusning ism-familiyasi qayd etib qo’yilgan edi. O'n yettinchi kurtkaga raqam yozmoqchi bo’lib ro’yxatga qaradimu hayratdan yoqamni ushladim. «YeYe3781» raqami yoniga «Kimsanboy Yolqinov» deb yozib qo’yilgan edi. Ertalabdan beri xayolimdan ketmayotgan «kim u» degan jumboq yechilgan edi.
Olisda qolgan beozor, sho’x, yerga ursa osmonga sak-raydigan tizginsiz bolaligim, tezroq katta bo’lib, aziz va jonajon Vatanga xizmat qilish, «xalqlar dohiysi, ulug’ va mehribon otamiz Stalinga sodiq bo’lish» orzusi yurak-yuraklarimizda jo’sh urgan qaynoq yoshligimiz ko’z o’ngimdan chaqmoqdek bir yalt etib o’tdi.
Kimsanboy! U bizning bolalardan chiqqan qahramonimiz edi. Uttizinchi yillarda uning suvrati gazetalardan tushmasdi. Maktablarda, pioner uylarida, istirohat bog’larida, yoshlar lagerlarida odam bo’yi qilib chizilgan suvratlari bir qarashda ko’zga tashlanadigan joylarga ilib qo’yilardi. Va suvrat tagiga: «Pioner! Kahramon Kimsanboy Olimjonovga salyut berib o’tishni unutma!» deb yozib qo’yilardi. Butun O'zbekiston bolalari undan ibrat olishga, u ado etgan vatanparvarlik jasoratini takrorlashga qasamyod qilishardi.
Uning otasi Olimjon Raxmonov rayon maorif bo’limining mudiri edi. Tarix bilimdoni bo’lgan 6u odamni rayondagi jami tarix o’qituvchilari ustoz deb atardilar. Hatto uyiga ham kelib, undan Turkiston tarixi bo’yicha bilmaganlarini so’rab bilib olardilar. Uning uyida kitob ko’p edi. Alohida bitta uydagi tokchalarga juda noyob kitoblar terib qo’yilgan edi. Domla bu kitoblarni birovlarga bermasdi. Zarur bo’lsa, shu yerga kelib o’qishgagina ruxsat berardi. Amir Temur, Mirzo Bobur, Nargaaxiy, Forobiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Najmid-din Kubro, Al-Beruniy, Xoja Ahror, Ahmad Yassaviy kabi allomalarning o’tgan asrlarda xattotlar tomonidan ko’chirilgan noyob qo’lyozmalarini Domla ko’z qorachig’idek asrardi. Kechalari yettinchi lampa yorug’ida tong otguncha mutolaa qilardi.
Ko’pincha Domlaning uyiga keksa ziyolilar to’planib, tarixda o’tgan o’zbek mutafakkirlari to’g’risida suhbatlar qilishardi. Yig’ilganlar Olimjon domlaning bilimiga, bilag’onligiga qoyil qolardilar. Suxbat o’z-o’zidan ota-bobolari Shahrisabz barloslaridan bo’lgan buyuk shoir Mirzo Abdulqodir Bedilga borib taqalardi. Bedilxonlik boshlanardi, ko’plaishb Bedilning sirru sehrga to’la g’azallarining mag’zini chaqishga kirishib ketardilar. Albatta, Olim domlaning talqinlari hammani lol qoldirardi. O'shanday suhbatlarning birida gap aylanib Fuzuliyning bitta g’azaliga borib qadaldi. Mehmonlardan birovi Fuzuliy ham o’zbeklar orasida Navoiy darajasida mashhur ekanini, uning ko’p g’azallari o’zbek hofizlari tomonidan qo’shiq qilib aytilishini gapirib qoldi.
— Domla, Fuzuliyning bir g’azali bor, mag’zini sira chaqolmadim. Ko’p bilimdonlardan so’raganimda tayinli bir javob berolmadilar. Shu to’g’rida sizning fikringizni bilmoqchi edim.
Olimjon domla narigi xonadan Fuzuliyning devo-nini olib chiqdi. Ko’zoynak taqib, do’stining tishi o’tmagan o’sha g’azalni topdi. Chiroqqa solib, ikki-uch marta o’kidi.
— Xo’sh, qaysi joyiga tushunmadingiz? — deb so’radi do’stidan.
Davomi bor...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев