,,ER YIGITLAR" Belga bog'lar yorlarining ro'molini, Bir qarashi titratguvchi sor burgutlar. Er alplarning ko'ring hushruy jamolini, Belbog'i bor beli mahkam er yigitlar. Har o'g'lonning harbiy bo'lish orzusidir, Vatan deya tog'ni talqon qilg'usidir. Ori ustun eng birinchi nomusidir, Belbog'i bor beli mahkam er yigitlar. Yosh gudakdan bir so'rangchi kim bo'lasan? Biri ,,askar'' biri esa ,,melisa" der. Biri Farhod biri Tohir biri Husan, Belbog'i bor beli mahkam er yigitlar. Alpomishdek to'lib toshar bilaklari, Qurquv bilmas Mangu berdi yuraklari.Temur kabi yer ko'rmagan kuraglari, Belbog'i bor beli mahkam er yigitlar. Jahongir ham Navoiydek dildosh bo'lar, Tig' yetmasa qalam bilan ishg'ol qilar. Shu vatanda erk sevganga erkdosh bo'lar, Belbog'i bor beli mahkam er yigitlar. JahongirMIRZO.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев