Senga azoblarim ko'ribman ravo,
Dardlar chekding menchi yurdim beparvo.
Bo'g'zimga qadaldi vijdoniy bir tosh,
Qarasam men loyqadil, sen musaffo...
Tunlari yig'lasam o'ylagan ham sen,
Yaxshimikan deya poylagan ham sen.
Mehringni ko'rmagan ko'rman aslida,
Yurakka ismimni joylagan ham sen...
Olis bo'lib ketsam uzoq-uzoqqa,
Uhlamay tunlari chiqasan boqqa.
Ba'zida yoqmadi-ya maslahatlaring?
O'zimni uribman ming bitta choqqa...
Aslida bu dunyo chalkash shum o'yin,
Hamma bilib chalar yolg'onlar kuyin.
Himoya etding har oning, har joyda,
Afsuslar chekmading zardamdan lekin...
Yoshman men netayin axmoq, devona,
O'tkinchi xavasga bo'ldim parvona.
Kechirasanmi ayt, kechirgin meni,
Sirimni sotmagan mehribon ONAM!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев