Boyning qizi Ozoda
Dimog'lari fazoda
Kimni sevsam bo'larkin?
Zargar qizi Zarifa
Shogirdidir Sharifa
Buncha go'zal Hanifa
Kimni sevsam bo'larkin?
Sojidaku yagona
Durdonaga dugona,
Bo'lib Majnun devona
Kimni sevsam bo'larkin?
Sochi uzun Mohira
Juda zolim Nodira
Bilmas holim Maftuna
Kimni sevsam bo'larkin?
Gulsorami Gulnora,
Nargizami Dildora,
Hayotimda ilk bora-
Kimni sevsam bo'larkin?
Selena yuzlari oy
Singlisi husnga boy
Gulshodami Gulchiroy
Kimni sevsam bo'larkin?
Gul tutdim Oydinaga
Dil tutdim Mahliyoga
Siz aytmanglar dunyoga
Kimni sevsam bo'larkin?
Kimga bog'layin rishta
Eh, sevish ham bir ishda
Do'stlarim bir ko'rishda
Kimni sevsam bo'larkin?
Bag'rim to'ldirar qonlar
Atrofimda jononlar
Yo'l ko'rsating yoronlar
Kimni sevsam bo'larkin?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1