Uyalmasdan uyatda, qolganlarni kurdim men
Yengilib ba'zan yovsiz, qolib birov qarovsiz
Hatto cho'g'siz olovsiz yonganlarni kurdim men
Nohaqlarning yonini, bechoraning nonini
Jon deb turib jonini olganlarni kurdim men
Amal qilmay diniga, bir martamas kuniga
Shaytonlarni diliga solganlarni kurdim men
Begona bilan yotgan, balchiqga beldan botgan
Hatto badanin sotgan, arzonlarni kurdim men
Uzga yurtlarda yurgan qayti kelolmay turgan
Peshonasiga urgan, sarsonlarni kurdim men
Har kuni ichib yurgan, ichib otasin urgan
Ikki oyoqda yurgan, hayvonlarni kurdim men
Haqiqat so'z aytganda, qilganida attangda
Bolasidan qaytganda, vayronlarni kurdim men
Bu besh kunlik hayotda ikki kuzim hayratda
Uyalmasdan uyatda qolganlarni kurdim men
Yengilib ba'zan yovsiz, qolib birov qarovsiz
Hatto cho'g'siz olovsiz yonganlarni kurdim men
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1