yerda g'iybat,
Men haqimda har kuni har
yerda tuhmat,
Bilmayman yaxshimi yo
yomon suhbat, Men yaxshi ko'raman
dushmanimni ham,
Meni eslabsizlar shunga ham
rahmat.
Yashayman goh baxtim goh
dardim bilan, Qayerda yuribman yoki kim
bilan,
Yaxshi nom bilan yo yomon
nom bilan,
Bilmayman yaxshimi yo
yomon suhbat, Meni eslabsizlar shunga ham
rahmat.
Mening aybim siz deb ijod
qilganim,
Gohida ko'nglingiz
ololmaganim, Uzr, og'ir botsa birorta gapim,
Unutilmoq o'lim, yodga
tushmoq baxt,
Eslab tursangizlar shunga ham
rahmat.
Orzuyim emasku faqat shon- shuhrat,
Yoki soxta obro' yo soxta
hurmat,
Topganim halollik, bilganim
mehnat,
El ichra nomimni asrasangiz bas,
Daryoman deb bir xil oqib
bo'lmaydi,
Hammaga bir xilda yoqib
bo'lmaydi,
Tun-u kun qora ter to'kib bo'lsa ham,
Hammani ko'nglini olib
bo'lmaydi,
Sizda ham bizda ham har xil
vaziyat,
Sizda ham bizda ham har xil kayfiyat,
Meni eslabsizlar shunga ham
rahmat.
Quloqqa chalinar bazida mish-
mish,
Xato qilgan bo'lsam, nima bo'pti, xo'sh
Shartmi bir tuyani qirq tuya
qilish,
Sizdan insof so'rab qolaman
faqat,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.
Ko'rishganda omad tilab
qo'yarlar,
Go'yoki boshimni silab
qo'yarlar,
Biz senga do'stmiz deb lekin ortimdan,
Jimgina nomimni bulg'ab
qo'yarlar.
Sizni kechirganman,
otmasman la'nat,
Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.
Falonchi dushmaning deydi
odamlar,
Senga omad kelsa hasaddan
yonar,
O'rtani buzmanglar deyman har safar,
Deyman do'stim menga
qilmaydi hasad,
Meni o'ylabsizlar shunga ham
rahmat.
So'ylamoqdan avval, o'ylash kerak sal,
Bir chimdim gunohdan qo'rqib
loaqal,
O'zing "Bir Mendek" bo'lib ko'r
avval,
Bekor yashamasdan, topib bekor vaqt,
Meni eslabsizlar shunga ham
rahmat. . .
https://t.me/+9TalB61yGDZkNjZi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев