Nepal hukumati taqdim etgan so‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 25-aprel kuni sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 7040 kishidan oshib ketgan, jarohat olganlar soni 14,4 mingdan ortgan. Bu haqda Liga.net bermoqda. xabar
?Xabar berishlaricha, mahalliy qutqaruvchilar vayronalar ostidan omon qolganlar chiqishi mumkinligiga ortiq ishonmayapti. “Agar omon qolgan biror insonni topsak, bu mo‘jizaning o‘zi bo‘ladi. Hozircha taslim bo‘lganimiz yo‘q va qidiruv ishlarini davom ettiryapmiz”, – dedi Nepal IIV vakili Laksmi Dxakala.
Eslatib o‘tamiz, Nepalda 25-aprel, shanba kuni 7,9 magnitudali zilzila yuz bergandi. Zilzila markazi mamlakat poytaxti Katmandudan 82 kilometr masofada bo‘lgan. 26-aprel kuni esa 6,7 magnitudali aftershok kuzatilgan, kuchsiz yerosti silkinishlari hozirgi kunda ham sezilib turibdi.
Avvalroq Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy markaz zilzilaning 138 mingdan ortiq uy va 10 mingdan ziyod hukumat muassasalari binolarini butunlay vayron qilganini xabar bergan edi. Yana 120 mingta uy va 13 mingta hukumat tashkilotlariga turli darajada zarar yetgan. Zilziladan keyingi qayta tiklash ishlari uchun mamlakatga 2 milliard dollar zarur bo‘ladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев