tashlagan
o`g`il..
Assalamu Alaykum va
Rohmatullohu va
Barokotu!. Bu olam ibrat
olishni istagan
kishilar uchun hamisha
hikmatga to'ladir. Har bir
narsaga ibrat olish istagi
bilan
qarash hayotning haqiqati
va
hikmatini topishning
kalitidir. 1950 yilda
Shimoliy Koreya
(KXDR) armiyasi Janubiy
Koreya Respublikasiga
bostirib
kiradi.
Janubiy Koreya armiyasi
tomonida AQSH va 19 ta
davlatning BMT bayrog'i
ostidagi armiyasi jang
qilardi.
3 yildan so'ng urush
tugaydi.
Shunday kunlarning birida
AQSHdagi boy
xonadonlarning
birida telefon jiringlab
qoladi. Telefon trubkasini
ko'targan
ayol hayratdan quvonib,
o'z
o'g'lining ovozini eshitadi.
Onaizor uzoq muddat
davomida Koreyada
bo'lgan
o'g'lidan shu paytgacha
hech qanday xat-xabar
olgani yo'q
edi.
Shuning uchun aziz
o'g'lining
hozir Amerikada
ekanligidan,
okean qirg'og'idagi San-
Diyego shahridan uyiga
qaytayotganidan quvonib
ketadi. - Oyi, men sizga
faqat shuni
aytmoqchi edimki, o'zim
bilan
quroldosh do'stimni olib
boryapman. U qattiq
jarohatlangan - ko'zi, qo'li
va
oyog'idan ajralgan. Men
uning biz bilan yashashini
xohlardim.
- Tushunarli, o'g'lim, -
javob
berdi ayol. - U juda jasur
va
mard yigitga o'xshaydi.
Bizda
uning uchun bir necha
muddatga joy topiladi. -
Oyi, siz meni
tushunmadingiz. Men uni
biz
bilan yashashini
xohlardim.
- Ha, mayli, - javob berdi
ona. -
Biz uni uyimizda 6
oygacha
saqlashimiz mumkin. -
Yo'q, oyi. Men uni biznikida
doimiy qolishini
xohlayman.
Biz unga juda ham
kerakmiz.
Uning faqatgina bir ko'zi,
bir
qo'li va bir oyog'i bor. U
dahshatli holatda. Gap shu
yerga kelganda ona
sabr-toqatini yo'qotdi.
- O'g'lim, sen vaziyatga
to'g'ri
qaraydigan holatda
emassan.
Sen urushda
qatnashganing
uchun ham unga juda
rahming kelyapti.
Bu sheriging senga va
bizga
dardisar bo'lib,
hammamizga
jiddiy tashvishlar keltiradi.
Aqlli odam bo'l. Telefon
birdan jimib qoldi.
Ertasiga yetib kelgan
telegrammadan uydagilar
dahshatga tushishdi.
Ya'ni, o'g'li o'z joniga qasd
qilib, San-Diyego
mehmonxonasining 12-
qavatidan o'zini tashlabdi.
Bir hafta o'tgach, ularning
uyiga armiya tobuti keldi.
Daxshatli qayg'uga
botgan ota
va ona tobutda o'zlarining
bir ko'zi, bir qo'li va bir
oyog'i
yo'q o'g'illarining jasadini
ko'rdilar..!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев