“Bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘im oddiy ishda ishlasa-da kelgusida ro‘zg‘or aravasini tortib ketadigan, birovga qaram bo‘lmaydigan, aqli-hushi joyida bo‘lishi kerak, dedi xonanda. Otasining erkatoyi bo‘lib, bor pulini ko‘chaga sarflab yursa, oilam demasa, undan qanday qilib oilaboshi chiqadi? Agar uyim-joyim deydigan, oilaning kam-ko‘stini badastir qilib qo‘yadigan yigit bo‘lsa, menga san’atni tashla desa, tashlayman!
Ayrim xonandalar bilan gaplashib qolsam, oylab bolalarimni ko‘rmayman, deydi. Bu qanaqasi axir?! Daxshat! Men bunday bo‘lishini xohlamasdim. Ona bolalarining yonida bo‘lishi kerak! Yo‘q, men bolalarimni ko‘rmasdan yashay olmasam kerak”.
chaqmoq.biz Sizlarni kutamiz albatta
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1