Tug'ish paytida ko'p uchraydigan qiyinchiliklardan biri bu asfiksiyadir. Asfiksiya natijasida homila tanasining deyarli barcha organlari va to'qimalari lat yeydi, lekin asosiy zararni asab tizimi ko'radi. Chunki asfiksiya davomida organizmga kislorod bormaydi, bu esa asab tizimi hujayralarini yashay olishiga to'sqinlik qiladi.
Asfiksiya nima degani?
Yangi tug'ilgan chaqaloq asfiksiyasi shunday holatki, bunda bola tug'ilgan zahoti yurak urishidan qat'iy nazar nafas olaydi yoki juda sust nafas oladi, natijada organizm yetarlicha kislorod bilan ta'minlanmaydi. Oddiy qilib aytganda, askiksiya - bu bo'g'ilib qolish.
Asfiksiya sababini uch guruhga bo'lib ko'rishimiz mumkin:
- Homilador ayol organizmida kislorod yetishmovchiligi (qattiq qon ketish, shok, yurak-tomir kasalliklari, intoksikatsiya, qon kasalliklari);
- Homilaning qon aylanish tizimida yoki kindik-yo'ldosh tizmida mavjud bo'lgan buzilish (kindik yoki yo'ldoshdagi patalogiya, homiladorlik muammolari, muddatidan o'tgan homiladorlik, tug'ish faoliyatining buzulgani va boshqalar);
- Homila kasalligi yoki homila asab tizimidagi patologiya;
- Homilaning nafas olish yo'llarining to'liq yoki qisman bekilib qolgani.
Asfiksiya alomatlari:
Asfiksiyani og'irligiga qarab 3 darajaga ajratadilar:
Birinchi darajadagi asfiksiya - bola ko'k rangda tug'ilishi, bunda uning yurak urishi sekinlashgan bo'ladi va nafas olishi juda sekin bo'ladi;
Ikkinchi darajadagi asfiksiya - bolaning rangi juda ko'kargan bo'ladi, yurak urushi yanada sekinlashgan va nafas olishi deyarli yo'q bo'ladi;
Uchinchi darajadagi asfiksiya - chaqaloq nafas olmaydi, terida rang qolmagan, yurak urishi tez-tez lekin muntazam emas, mushaklari bo'shashgan (qo'l-oyoqlari osilib turadi).
Asfiksiyaning asorati:
Asfiksiya asoratlari 2 xil bo'ladi: dastlabki va kechki namoyon bo'ladigan asoratlar.
Dastlabki asoratlarga:
- asab tizimining lat yeyishi - miya shikastlanishi;
- yurak-qon tizimining lat yeyishi;
- buyrak faoliyatining buzulishi;
- o'pka faoliyatida o'zgarishlar - o'pka shishi, o'pkada qon yig'ilishi, o'pka yallig'lanishi;
- oshqozon-ichak tizimini lat yeyishi;
- qondagi o'zgarishlar - kamqonlik, trombotsitlarning ko'payishi.
So'nggi asoratlarga nevrologik kasalliklarni kiritish mumkin. Bosh miyasining zaiflashi, titqanoqlik sindromi va boshqalar. Undan tashqari kechki asoratlarga pnevmoniya, meningit va sepis (qon zaharlanishi)ni kiritish mumkin.
Asfiksiyani davolash:
Asfiksiya namoyon bo'lganda reanimatsiya ishlari amalga oshiriladi:
- Nafas yo'llarini bo'shatish - nafas yo'llarida yig'ilgan suyuqlikni chiqarib tashlash;
- O'pka faoliyatini sun'iy davom ettirish - bola tomog'iga maxsus trubka o'tkazilib o'pkasiga nafas olish smesi yuboriladi;
- Yurak faoliyatini yo'lga solish va qon aylanishini ta'minlash - yurak massaji qilinadi va maxsus dorilar yuboriladi.
Asfiksiya bo'lgan bolalarga maxsus parvarish talab etiladi. Ular kislorodli kuvesda boqiladi, kamida 12 soatdan keyin sog'ilgan sut bilan ovqatlantiriladi. Og'ir asfiksiya holatida bola tug'ilganidan so'ng 48 soatdan keyin zond bilan ovqatlantiriladi.
Asfiksiya bilan tug'ilgan bolalarning kelajagi asfiksiya darajasiga, davolanish o'z vaqtida va to'g'ri amalga oshirilganiga bog'liq.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев