Toshkentdagi rus tili va adabiyoti institutini tamomladi (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978-1980), “Toshkent oqshomi” gazetasida (1980-1986), Adabiyot va san’at nashriyotida, “O’zbekiston ovozi” gazetasida (1986-1993) ishladi.
Umrining oxirgi 4-5 yilida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi bo’ldi. U “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Ko’nglimdagi yor” (1991), “Bevafo ko’p ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Yolg’onchi yor” (1994), “Osmonimga olib ketaman” (1998) to’plamlarining muallifi. 1998 yilda unga “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi. U II chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga deputat qilib saylandi. 2001 yilda “Saylanma” asarlari chop etildi. M. Yusuf she’rning qo’shiqqa aylanishi, yuksak parvoz qilishini ko’rsata oldi. Shoir she’rlaridagi har bir so’zda qanoat, parvozga shaylik sezilib turadi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев