Zamonaga boqaman
Goho o'yga tolaman
Essiz o'tdida yoshlik
Armon etib qolaman
Davr ekan u damlar
Sevgi uyat bilardik
Birortasi yoqsa gar
Aytolmasdan utardik
Hozir zamon boshqacha
O'zgardi yigit qizlar
Sevgi xatlarin tashib
Boyir Ucell,Mtslar
Xat yozardik bizlar ham
Dala dashtga chiqvolib
Etkazing deb kutardik
'Pochtalon'ga yolvorib
Sotka chiqib sevgida
Qadr qimmat qolmadi
Sotkasiz yigit qizlar
Qishloqda ham qolmadi
Bir yigitga 4 ta qiz
Gudok tashlab tolmadi
Yigitni ko'ngli nozik
Har biriga bog'lanar
Lag'mon osib 4 qizga
Ko'ngli juda chog'lanar
Birisin guzal deydi
Birisin shakar deydi
Yana birisin jonim
Boshqasin
asal deydi...
http://m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=52266200137926&_prevCmd=userEvents&tkn=9484
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1