Olot tumani hokimi Nargiza Nematovaning qishloq xoʻjaligi xodimlariga bayram tabrigi
Assalomu alaykum hurmatli dehqon va fermerlar, qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari!Avvalo, siz, azizlarni, soha xodimlarini Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga eng ezgu va samimiy tabriklarimni bildiraman. Bugungi qutlugʻ bayramda rizq-roʻzimiz bunyodkorlari - mirishkor dehqon va fermerlar, chorvador va pillakorlar, suvchi va irrigatorlar, mexanizator va agronomlar, oʻz ishining ustalari boʻlgan sohaning barcha xodimlariga chuqur hurmat bajo keltiraman.Hozirgi xursandchilik kunda sizlarni bayram bilan muborakbod etar ekanman, joriy yildagi mashaqqatli mehnat, gʻayrat-shijoatingiz tufayli dastlab pilladan, keyin gʻalla hamda paxtadan ulkan xirmon yaratib, xalqimiz oldida yuzingiz yorugʻ boʻlganini eʼtirof etmoqchiman.Siz, azizlar bilan kelgusi yilda ham ana shunday zafarlarga erishish nasib boʻlishini istab, el-yurt dasturxonini toʻkin va farovon etishda sizlarga kuch-quvvat tilayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va saodat, masʼuliyatli va sharafli kasbingizda muvaffaqiyatlar hamisha yor boʻlsin.Olot tumani hokimi Nargiza Nematova
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Нет комментариев