Sheʼriyatning oliy mutasavvifi, tasavvufning aʼlo shoiri
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida navoiyxonlik kechasi tashkil etildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, Hadis ilmi maktabining ustoz va talabalari, Samarqand viloyati hokimligi mutasaddilari, taʼlim sohasi faxriylari, ilmiy jamoatchilik va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda aka-uka tadqiqotchilar Hasanxon va Husaynxon Yahyo Abdulmajidning “Navoiydan chu topqaylar navoe” kitobi asosida shoirning sheʼriyat va hadislarga oid ilmiy merosiga murojaat qilindi. Mualliflardan biri Hasanxon Yahyo Abdulmajid, avvalambor, Alisher Navoiy ijodiyotining maʼrifiy yoʻnalishlari, xususan, Hazratning shariat va tariqat ilmiga xizmati borasida soʻz yuritdi. Jumladan, Navoiyning ilmu odob toʻgʻrisidagi qarashlari, bu haqdagi ayrim asarlari tahlil etildi. Shoir gʻazallaridagi majoziy obrazlar haqida maʼlumot berildi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев