✍️ Malayziyaning Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti qoshidagi Sayyid Muhammad Naqib Attos kutubxonasi maʼmuriyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining islomning insonparvarlik tamoyillarini ilgari surish hamda dinlararo bagʻrikenglikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasini eʼtirof etgan holda, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimlariga kutubxonaning resurslaridan foydalanish huquqini taqdim etadi.
✅Mazkur huquq kutubxona fondidagi 100 mingdan ziyod ilmiy manbalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu esa, islomshunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев