https://t.me/bukhariuz/19504 )
#Infografika
200. Abdulloh ibn Yazid Muqriyy bizga Hayvadan soʻzlab berdi:
“Umar ibn Xattob atrofidagilarga: “Biror narsani orzu qilinglar-chi!” dedi. Shunda ularning biri: “Men bir uy toʻla dirhamim boʻlishini va ularni Alloh yoʻlida infoq qilishni orzu qilaman”, dedi. Umar yana: “Orzu qilinglar!” dedi. “Men mana shu uy toʻla oltinim boʻlishini va ularni Alloh yoʻlida infoq qilishni orzu qilaman”, dedi boshqasi. “Orzu qilinglar!” dedi u yana. “Men mana shu uy toʻla javohirim boʻlishini va ularni Allohning yoʻlida infoq qilishni orzu qilaman”, dedi yana biri. “Orzu qilinglar!” dedi u yana. “Bundan boshqa orzumiz yoʻq”, dedi ular. Shunda Umar: “Ammo men mana shu uy toʻla Abu Ubayda ibn Jarroh, Muoz ibn Jabal va Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhum kabi odamlar boʻlishini va Allohning toati uchun ulardan foydalanishni orzu qilaman”, dedi. Soʻngra Huzayfaga mol yubordi va: “Nazar solinglar-chi, nima qilar ekan?” dedi. Mol Huzayfaning qoʻliga yetib kelgach, u molni hammasini boʻlib-boʻlib sadaqa qilib yubordi. Soʻngra Muoz ibn Jabalga ham mol berib yubordi. U ham molning hammasini boʻlib-boʻlib sadaqa qildi. Soʻng Abu Ubaydaga mol yubordi va: “Nazar solinglar-chi, nima qilar ekan?” dedi. U ham molning hammasini boʻlib-boʻlib sadaqa qilib yubordi. Shunda Umar: “Ana, sizlarga aytmabmidim?!” dedi yoki shunga oʻxshash gapni gapirdi”.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев