MIRZO ULUGʻBEK VA UNING SAMARQAND AKADEMIYASI MAʼNAVIY MEROSIDA SINERGETIK METODOLOGIYANING EVRISTIK TOMONLARI
Zamonaviy ilmiy metodologiyaga munosib hissasi boʻlgan, sinergetik, gʻoyalarni oʻziga aks ettirgan ilmiy-falsafiy taʼlimot yaratgan Mirzo Ulugʻbek XV asr jahon aniq-tabiiy fanlar sohasida olamshumul tadqiqot olib borgan, nochiziqli tafakkur tarzi asosida ilmiy kashfiyot va ixtirolar qilgan, ijtimoiy-gumanitar va madaniy fanlar sohasini rivojlantirishga hissa qoʻshgan yirik alloma hisoblanadi.
U jamiyatdagi beqarorlik kuzatilayotgan, degradatsiya darajasiga yetgan bir davrda ilm olamiga kirib keldi. Amir Temur vafotidan keyin temuriylar saltanatida maʼlum bir siyosiy-ijtimoiy tartibsizlik va xaotik holatlar yuz berdi. Buning natijasida ichki nizolar ham kuchaydi. Ushbu jarayonlarni izohlab, Qori Niyoziy quyidagicha xulosa qiladi: “Yuqorida bayon qilinganlardan Ulugʻbekning siyosiy maydonda paydo boʻlish vaqtining xususiyati kelib chiqadi: Ulugʻbek hukmron boʻlgan paytda oʻzaro urushlar va siyosiy tarqoqlik kuchaygan, mehnatkash omma qattiq ekspluatatsiya qilinar edi” [17: 63]...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев