https://t.me/bukhariuz/16060 )
#Infografika
98. Zubayr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bandalar ottiradigan har tong bir nido qiluvchi: “Al-Malik al-Quddus (butun borliqning podshohi, mutlaq pok boʻlgan Zot)ni poklab tasbeh ayting”, deb nido qiladi”, dedilar”.
Izoh: Malik – haqiqiy egadir. Undan oʻzga ega yoʻqdir. Shuning uchun bandalar faqat Unga qul boʻladi. Hech qachon bir qulning ikki xoʻjayini boʻlmaydi. Shuning uchun banda oʻziga oʻxshagan bandalarga emas, balki yagona Yaratganga, haqiqiy Malikka qullik qilishi lozim. Haqiqiy Malik zotida ham, sifatlarida ham har qanday mavjudotdan behojatdir, barcha mavjudotlar unga muhtojdir. Yaʼni, barcha narsaning egasi Alloh taolodir. Quddus sifatining maʼnosi shuki, bu Zot har qanday ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan pokdir. Mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning Oʻzigagina xosdir.
📖 Abd ibn Humayd Keshiyning Musnadi Keshiy (Hadislar toʻplami) 1-juz kitobidan
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев