BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BOʻLGANMI?
Manbalardan maʼlum boʻladiki, Imom Buxoriyning oilasi va farzandi bor boʻlgan. Ammo tarixiy kitoblarda bu toʻgʻrida ochiq bayon qilinmagan. Umuman, allomalar tarixiga eʼtibor qaratilsa, ularning aksariyati shaxsiy hayoti va oilasi haqida maʼlumot qoldirmaganini koʻrish mumkin. Imom Buxoriy ham oilasi va farzandlari haqida nodir asarlarida maʼlumot bermagan. Buni muhaddisning hadisga muhabbati va ilmga nisbatan omonatdorligi bilan ham izohlash mumkin. Imom Buxoriyning maqsadi oʻzidan nodir asar qoldirish boʻlgan. Muhaddis oʻzining asari xususida “Alloh va oʻzim oʻrtamda hujjat boʻldi”, deb taʼkidlaydi. Haqiqatda alloma yaratgan asar butun musulmonlar uchun Qurʼoni karimdan keyingi hujjatga aylandi. Imom Buxoriyning niyati goʻzal boʻlganiga munosib, Alloh taolo uni maqsadiga muvofiq darajaga koʻtardi [13:50]...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев