Ikkimiz quramiz boshqa bir dunyo.
Biz axir qismatning xatolaridan
Va jafolaridan bo'lganmiz bino.
Qizlar ko'p - xabari yo'qdir hayodan,
Gunohga botaman qaragan onim.
Faqat sen ko'ksingni yashir dunyodan,
Faqat sen ularga o'xshama, jonim.
Yashama taqdirni bo'yningga olib,
Ko'zing ham yo'llarga qarab tolmasin.
Iltijo qilaman: men chetda turib,
Nomard yuraklarga kuning qolmasin.
Ishonma jilmayib boqqan odamga,
Yo ko'z yosh to'kkanga qaratma shafqat.
Mayli o't ketsa ham butun olamga,
Aldanib yashashdan asrasin faqat.
Nechun yana bugun ko'zlaringda mung,
Duch keldingmi hayot cho'pchaklariga?
Yur, qochib ketamiz telba dunyoning
Hech kim bora olmas burchaklariga.
Bir dunyo quramiz, bilmaydi hech kim,
Oftobi kuydirmas, qorlari iliq.
Yur, qochib ketamiz bu yerdan, jonimSadoqat darsidan xabar bo'lmasa.....Farosat ahlidan nazar bo'lmasa.....Yurakda ALLOHDAN asar bo'lmasa.....Ul husn-u jamolga hijob ne kerak..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев