Masjid darvozasidan maktab
kiyimida chamasi olti, yetti
yoshlardagi bolakay kirib
kelib,
hovlidagi o’rindiqda suhbatlashib
o’tirgan nuroniylarga salom
berdi:
–“Assalom-u alaykum”
Qariyalar bolaning salomiga
alik olishdi:
–“Voalaykum assalom, katta
yigit
bo’ling, keling bolam, kimni
izlab
keldingiz?” –“Xudoni….”
Namozxon chollar hayrat
aralash
bir-birlariga qarab, jim
qolishdi.
Bolakay gapida davom etdi: –“Qayerda o’tiribdilar?
Iltimosim
bor edi….”
Qariyalar orasidan bir odam
turib,
bolakayning oldiga kelib, cho’kkaladi-da söradi:
–“O’g’lim kim sizga bu haqida
aytib berdi? Kimning o’g’lisiz?”
Bolakay biyron tili bilan
so’zladi:
–“Ahmad domlaning, buvim aytgandilar, bu yer Xudoning
uyi
ekan. Kecha yana aytdilarki, u
kishi har diyonatli bandasining
tilagini bajararkan. Men ham u
kishining bandasi ekanman, hali
gunoh ish qilmagan ekanman,
yaxshi bola bo’lganim uchun
men
ham diyonatli ekanman, u
kishidan so’raydigan juda muhim
iltimosim bor….”
Amaki o’ylanib qoldi – Ahmad
domla, matematika
öqituvchisi,
hali jajji bo’lsa ham, bolasi yaxshi
tarbiya olibdi – keyin,
bolakayga
yuzlanib:
–“Yuring, hozir birga tahorat
olamiz, keyin Xudodan iltimosingizni so’raymiz.”
Bolakay xo’p degandek
boshini
qimirlatdi, va amakining
ketidan
ergashib, xuddi bir narsaga ulgurmay qolayotgandek
shoshib-shoshib yuz qo’llarini
yuvdi….
Keyin masjid ichkarisiga kirib,
peshin nomoziga
tayyorlanishdi. Amaki unga:
–“O’glim, hozir hamma duoga
qo’l
ochganida siz ham qo’l ochib
Xudodan iltimosingizni
so’rang.” Bolakay yana xo’p degandek
boshini qimirlatib, qator-qator
odamlar orasidan Xudo kim
ekan
deb izladi. Nomoz so’ngida
hamma duoga qo’l ochib duo qilishni boshladi. Bolakay ham
qo’llarini qovushtirib sözlay
boshladi:
–“Buvim aytdilar, meni
yoshimdagilar farishta
bo’larkan, nima so’rasam berarkansiz,
o’zimga kerakmas,
dadamlarga
yordam bering, oyimni asrab
qola
olmayotgan ekanlar. Aytishlaricha, oyimni
faqatgina
sizning yordamingiz qutqarar
ekan. Mashinachalarimni,
mayli,
rasmli kitoblarimni ham oling, faqat bittagina oyimni olmang,
koptok olaman deb oxirgi
qordan
beri yig’ayotgan pulim ham
bor,
uni ham beraman…. Singlimni bog’chadan olib
uyga
qaytishim kerak, uniyam,
meniyam oyimlarni oldilariga
kiritishmayapti. Sog’indik... -
bolakayning yuzlariga yosh dumaladi,- ayniqsa singlim,
kechasi ‘oyi’ deb yig’lab
chiqadi.
Men-ku kattaman, o’gil
bolaman,
chidayman. Hech bo’lmasa oyim
singlim bilan qolsin. Iltimos….
Omin, Olloh-u Akbar”... Bola
jimgina örnidan turib, közlarini
qöli bilan uqaladi va ko’chaga
chiqib ketdi. Amakining, bolakayning
gaplaridan ta’sirlanibmi, yoki
boyagina odamlardan
eshitgan,
matematika o’qituvchisi
Ahmadning xotini vafot etganligi
haqidagi xabarni eslabmi
ko’zidan yosh sizdi…
tel.da gaplawaman, harkuni iwhonasida k6raman, uni k6riw uchun iwhonasini yonidan 6taman, unga bog'lanib qovoman, nima qiliwi bilmavoman.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев