kunduz
Osmonlarda tebranadi hatto
yulduz
Yoz ham tugab barg to'kilib
keladi kuz
Go'yo qishdek chaqib olar
yaxlagan muz
Begingizni hurmat qiling ey
ayollar
Molu dunyo o'tgunchi bir hom
hayollar
Yaxshi ayol sultonini ko'kka
qo'yar
Yomonlari juda erta yerga ko'mar
Bazilari uyalmasdan loyga bo'yar
Zahrin sochsa dil hatto ko'zni
o'yar
Begingizni qadrin biling ey ayollar
Zebu ziynat o'tgunchi bir hom
hayollar
Peshonangiz joynamozda bo'lsa
hamki
Ro'za tutib qorningiz och qolsa
hamki
Tokiy erning roziligin ololmaysiz
Jannat hidin siz ayollar
bilolmaysiz
Begingizni hurmat qiling ey
ayollar
Molu dunyo o'tgunchi bir hom
hayollar
Umur o'tar ko'z ochilib
yumulguncha
Yoshligiz o'tar tezda bo'lmas
g'uncha
Chiroyingiz ketar bir kun tong
otguncha
Kech bo'ladi vaqt g'animat
o'ylaguncha
Begingizni qadrin biling ey ayollar
Zebu ziynat o'tgunchi bir hom
hayollar
Jannat mushtoq erni rozi
qilganlarga
Labbay diya shirin so'zni
bilganlarga
Gap qaytarmay tilin doim
tiyganlarga
Ayolga xos liboslarni kiyganlarga
Begingizni hurmat qiling ey
ayollar
Molu dunyo o'tgunchi bir hom
hayollar
Yer yuzida qancha qancha
bevalar bor
Bechoralar sabir qilib o'tmoqda
zor
Noshukurlar erlarini qiladi xor
Oxiratda buning uchun javobi
bor
Begingizni qadrin biling ey ayollar
Zebu ziynat o'tgunchi bir hom
hayollar
Qanday yaxshi bu dunyoda duo
olish
O'zgalarni tillarida butkil qolish
O'z yoriga hurmat bilan nazar
solish
Jannatlardan o'zi uchun joylar
olish
Begingizni hurmat qiling ey
ayollar
Molu dunyo o'tgunchi bir hom
hayollar
Kimki qlsa bu dunyoda erini rozi
Oxiratda og'ir bo'lur savob tarozi
Qiyomatda Alloh bo'lar unga qozi
Jannatga kel eshitilar hurlar ovozi
Begingizni qadrin biling ey ayollar
Zebu ziynat o'tgunchi bir hom
hayollar
Meroch kecha Rosululloh minib
otga
Mo'jizalar ko'rganlarin oldim
yodga
Ko'ribdilar jannatdagi ko'p
hurlarni
Do'zaxdagi azoblangan ayollarni
Begingizni hurmat qiling ey
ayollar
Molu dunyo o'tgunchi bir hom
hayollar
Qarasalar do'zaxdagi ayollarga
Tillaridan osilguncha turarmishlar
Erlarini roziligin olmaganlar
Bazilari sochlarini yularmishlar
Begingizni qadrin biling ey ayollar
Zebu ziynat o'tgunchi bir hom
hayollar
Rozi qiling shu bugundan
eringizni
Bilmasinlar o'tmishdagi siringizni
Shirin qiling endi doim tilingizni
Ko'ksingizga qo'ying ikki
qo'lingizni
Begingizni hurmat qiling ey
ayollar
Molu dunyo o'tgunchi bir hom
hayollar
Jannat ahli to'la bo'lsin ayollarga
Chek qo'yinglar o'tginchi bir
hayollarga
Rozi bo'lsin sizdan doim
erlaringiz
Qolib ketsin shu dunyoda
sirlaringiz
Begingizni qadrin biling ey ayollar
Zebu ziynat o'tgunchi bir hom
hayollar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев