Предыдущая публикация
Zulmatdan quvonchning tongin yasayman
Hayotni menchalik sevgan bormikan,
Men faqat she'rimda g'amgin yashayman.
Har joydan ezgulik izlab topaman,
Orzuning ortidan tinmay chopaman,
Ko'nglim ko'targanning izin o'paman,
Men faqat she'rimda g'amgin yashayman.
Yurakka begona qayg'u - alamlar,
Meni egolmaydi aslo sitamlar,
Hech kim kulolmaydi menday, odamlar,
Men faqat she'rimda g'amgin yashayman.
Menga azob bering, yig'lagan nomard,
Xushchaqchaq dilimga yuqtirmayman gard,
Kulib qarshi olgum, kelganda ham dard,
Men faqat she'rimda g'amgin yashayman .........@
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев