O'sha go'zal, g'amgin bog' ichra,
Sen malika, tanho gul eding.
Binafshayu, lolalar bir pul,
Eng chiroyli atirgul eding.
Avaylarding yerga ishonmay, Osmonlardam baland shaningni.
Men qo'lingdan ushlasam agar,
Sanchar eding tikanlaringni.
Tuproqdan ko'p edi oshig'ing, Qancha bemor bor edi senga.
O'sha o'tkir, uzun tikanlar,
G'urur edi, or edi senga.
Uzoqlashsam sendan ozgina,
O'lim bo'lib o'tar kunlarim,
Va sog'inib yig'laydi faqat,
Yara bo'lib ketgan qo'llarim.
Men safarga ketyapman bugun, Lekin yarim yuragim senda.
Qarab turar senga arilar,
Ne qilamiz taqdir ekanda.
O'sha go'zal,g'amgin bog' ichra, Sen malika, tanho gul eding. Binafshayu, lolalar bir pul,
Eng chiroyli atirgul eding.
Safarimdan qaytganimda men,
Nigohlaring ko'ksimni o'ydi,
Va qo'lingdan ushlaganimda, Tikanlaring sanchilmay qo'ydi!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев