Предыдущая публикация
Telefon gardishin aylantiraman,
Qo'ng'iroq chorlaydi meni behuda.
Men seni judayam yaxshi ko'raman,
Ovozing eshitgim keladi juda.
Na chora o'tmishdir endi hammasi,
Labinga lab qo'yib ichganim bo'sa.
Bizni bog'larmidi shu chuvalgan sim,
Taqdir rishtalari uzulgan bo'lsa.
Taqdirga tadbir yo'q xoh yig'la, elan,
Sevgimiz o'ynaydi ko'ngil kulini.
Axir to'solmaysan kipriging bilan,
Ko'zlaringa to'lgan qayg'u selini.
Men seni haliyam qattiq sevaman,
Ovozing eshitgim keladi juda.
Telefon gardishin aylantiraman,
Qo'ng'iroq chorlaydi ammo behuda.
Ko'xi qofga qadar ketardim laylim,
Ko'zingni bir bora ko'rmoqlik uchun.
Na chora bu charxga qurbim kelmaydi,
Afsuski gardishga yetmaydi kuchim..!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев