Ma'qul bo'lsa, bizni kuzatishda davom eting🌸
🔵 Retsept 🔵
✔️ ( 20/20 sm qolip uchun )
✔️ 5 dona tuxum
✔️ 180 gr shakar
✔️ 200 gr un
✔️ 3 osh qoshiq yog'
✔️ 3 osh qoshiq suv
✔️ 2 choy qoshiq razrixlitel
✔️ 0,5 choy qoshiq Vanilin
✔️ 1 osh qoshiq mak kerak bo'ladi.
✔️ Krem uchun:
✔️ 0,5 litr qaymoq
✔️ 0,5 banka sgush.moloko
✔️ 2 osh qoshiq kakao
✔️ Karamel essentsiya 5-6 tomchi
✔️ Vanilin qoshiq uchida.
✔️ Orasiga va ustiga uyda bor mevalardan tayyorlab olamiz.
* 5 dona tuxumni oqidan sarig'ini ajratib olamiz.
* 180 gr shakar bn tuxum oqini yaxshilab mikser yordamida ko'pirtiramiz.
* 5 dona tuxum sarig'iga 3 osh qoshiq oddiy xidsiz yog' va 3 osh qoshiq suv quyib yaxshilab aralashtiramiz.
* Ko'pirtirilgan tuxum oqiga tuxum sarig'i, yog'va suvli aralashmani solib venchik yordamida aralashtiramiz.
* 200 gr un, 2 choy qoshiq razrixlitel va vanilinni elab elab 2 - 3 qismga bo'lib solamiz.
* Venchik yordamida bir xil massa bo'lgunicha aralashtirib, eng oxirida 1 osh qoshiq mak solamiz.
* Qolipimiz tagi va yon qismlarini folga yoki pergament qog'oz bn mahkamlab o'rab olamiz.
* Tayyor biskvitni oldindan tayyorlab olingan qolipimizga quyib, issiq duxovkaga 160 darajada 45-50 minut davomida pishirib olamiz.
* Krem uchun idishimizga qaymoqni, sgushon.moloko, kakao va essentsiya, vanilinni solib mikserni baland tezligida ko'pirtirib olamiz.
* Judayam mazali va yoqimli kremlardan bo'ladi.
* Tayyor mazali kremni yarmini surib, uyda bor mevalardan qo'yib chiqamiz.
* Pishib sovugan biskvitni qolipdan ko'chirib, o'rtasidan 2 qismga bo'lib olamiz.
* Muzlatilgan olcha va konservalangan ananas donalaridan foydalandik.
* Ustini xoxishga ko'ra, tayyor qirrali lapatka yordamida chizib chiqamiz.
* 2 chi biskvitni qo'yib, qolgan kremni xammasini surib chiqamiz.
* Mana shu 3 qirrali lapatkani mayda qirrali tarafida chizib oldik.
* Ustini xoxish va imkoniyatga qarab bezatib olamiz.
* Tayyorlanishi oson va Mazasi judayam yengil ,yoqimli tortimiz tayyor.
* Foydasi tegsa albatta xursandmiz🌸
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1