Agar o'lsam mendan rozi bo'ling,
Salovatlar ayting, Quron o'qing,
Agar o'lsam eslab yo'qlab turing,
Ko'zlarim mushtoqdir shuni biling!
Agar o'lsam qo'ying yig'lab yurmang,
Tuproq bo'lgan qadrim bosib o'tmang,
Agar o'lsam o'ksib xomush tortmang,
Dard alamga ko'nib chidab yashang!
Agar o'lsam mendan xech ranjimang,
Qo'yin xatto meni xech o'ylamang,
Shod bo'ling xotirjam va tinch bo'ling,
Meni o'ylab ruhimni qiynamang!
Agar o'lsam tanam jonsiz qolar,
Orzular armonga yuz tutar,
Mendan nima dunyo qolarmidi,
Qolsa faqat shu bir nomim qolar!
Agar o'lsam o'qing sherlarimni,
Sizlar uchun yozdim xammasini,
Yozdim bor o'tli firoqlarni,
Ichimdagi bor dardu xasratlarni!
Agar o'lsam yorim so'rab kelsa,
Unga u safarga ketgandi deng,
Qaytadimi yo'qmi bilmayman deng,
Yurak yutib uni unitgin deng!
-- AGAR O'LSAM MENDAN ROZI BO'LING,
SALOVOTLAR AYTING, QURON O'QING --
(I.A.KARIMOV)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев