Sizlarni xafa qilishni
istamayman,lekin haqiqatni
aytmasam ham bo'lmaydi. Bolaning
miyasida
nuqson bor,nogiron,aqli zaif bölib
tug'iladi. Homila
3 oylik bo'lgan,istasangiz,hoziroq
abort qilamiz.
O'ylab ko'raylik desangiz, bir hafta
muhlat...
Shifokorning gaplari bir lahzada
sevinchlarini
sarobga aylantirdi. Bundan xabar
topgan
qarindoshlari,yaqinlarining
maslahati deyarli bir xil
edi: bir umr qiynalgandan
ko'ra,oldirib
yuboravergan yaxshi...
Oradan bir hafta o'tdi. Nihoyat
Murod:
- Menimcha,bolani oldirganing
ma'qul, -dedi. -
Alloh istasa yana beraveradi.
- Bolamizni o'z qo'limiz bilan
o'ldiramizmi ? Yo'q,
men bu go'dakni Allohdan necha
yillar yolvorib
so'radim. Mana, berdi...
- Menga sog'lom bola kerak, -
ayolning gapini bo'ldi
Murod, - aqli zaif bola emas!
-Allohning berganiga rozi
emasmisiz ? -deya
qarshilik bildirdi ko'zlarida yosh
bilan Xadicha. -
Balki biz uchun shu go'dakda
yaxshilik bordur....
O'sha kecha ayol tonggacha yig'lab
chiqdi, Allohga
yolvorib, duo qildi : "
Parvardigorim,najot ham,
umid ham yolg'iz O'zingdan" .
" Agar bolani oldirmasang,ajralishga
majburmiz".
Erining ertalab aytgan bu so'zlaridan
keyin
Xadicha ota uyiga ketdi. Onasi
kuyovining haqligini
aytib,qizini koyidi. Faqat nuroniy
Buvijonisi unga
tasalli berdi:
" Alloh taolo hech kimga toqatidan
ortig'ini
yuklamaydi. Demak,ko'tarishga
qodirsanki,bu
sinovni senga berdi. Sabr
qil,qizim,sabr... "
Xadicha avval shifokorga,keyin eriga
qo'ng'iroq
qildi: " Bolani tug'ishga qaror qildim.
Qadarimga
roziman! "
Shundoq ham vijdoniga
emas,odamlarning gapiga
quloq solgani uchun pushaymon
bo'lib turgan
Murod ayoliga bir dasta qizil gul
yubordi.
Guldastaga mo'jazgina xatni ilova
qildi : " Men
ham qadarimga roziman! "
... Er-xotin uyga birga qaytishdi. Umid
va
qo'rquvlar ichida olti oy ham
o'tib,kutilgan muddat
yetib keldi. Murod uchun 4 soat 4
yildek cho'zildi
go'yo. Nihoyat tug'ruq zalidan
eshitilgan chaqaloq
yig'isi yo'lakni tutdi. Murod hayajon
ichra
cho'kkalab,qo'llarini duoga ochdi:
- Allohim,sevgisini ham,sabrini ham
birga ber !
Hamshiraning ovozi uzoq-uzoqlardan
eshitilgandek
bo'ldi:
- Suyunchi bering,o'g'illi bo'ldingiz!
Murod murg'ak vujudni quchog'iga
olib,hidlab
o'pdi.
- Xush kelibsan,bolam! -
derkan,ko'nglida issiq
mehr tuydi...
Ertasiga chaqaloqning tahlil
natijalarini kutib
o'tirgan Ota ona shifokorning
gaplaridan hayratda
qolishdi:
- Sizlarga yaxshi xabar, bolangiz
sog'lom, hech bir
a'zosida nuqson yo'q!
Xadichaning dilidan tiliga bir nido
ko'chdi: "
O'zingga shukur! " Shu asno Murod
ko'zlarida yosh
bilan ayoliga qaradi:
- Agar sendagi iymon quvvati va
qat'iyat
bo'lmaganida edi,hozir o'z
bolamning qotili
bo'lardim. Alloh meni kechirsin, sen
ham kechir!
Inson hayotda bo'ladigan baxtli va
baxtsiz
lahzalariga qaysidur jixatdan o'zi
ham sababchi
bo'ladi. Agar ushbu voqeada Xadicha
ham ojizlik
qilib farzandini abort
qildirganida,Alloh ne'matiga
shukr etmaganida balkim unga
boshqa Ona
bo'lishlik nasib etmasdi. Chunki
Abortdan keyin
organizm uzini qayta tiklab,qayta
homilani tutishi
uchun ancha vaqt kerak. Bir chiroyli
sabr qilgani
tufayli ham Alloh mukofotladi. Yon
atrofimizda bu
kabi o'rnak
bo'ladigan,ibratli,mo'jizaviy voqealar
ko'p. Faqat beparvo o'tamiz
kopincha.
Alloh barchamizni Umrimiz va
Oxiratimizga
Barokat nasib etsin. Mustahkam
iymon va Sabr yor
bo'lsin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 56