Ertalab tong otishi bilan darrov yuvinib taranib maktab tomon oshiqaman, chunki maktab eng sevimli maskanim u yerda sevimli ustozim, do'stlarim, eng muhimi esa jonimdan ortiq ko'radigan insonim bor. Uni ilk bor sinfimizga kelganida yoqtirib qolgandim, O'shanda u xuddi malikalardek edi jajjigina yuzlari, chiroyli tim qora ko'zlari, uzun sochlari meni o'ziga rom qilgandi. Ismi jismiga monand Malika edi. Vaxt o'tib u ham menga befarq emasligini bildim.
Unga xat yozardim, Malikaga xat yozishni judayam yaxshi ko'rardim chunki biron marta ham xatlarim javobsiz qolmasdi. Uni yoqtirishimni sinfimizdagilar barchasi bilardi, shuniychunam unga xech kim gap otmasdi, agar u bu kim gap otgudek bo'lsa men darrov janjal boshlardim uni qizg'anardim. Unga bo'lgan muhabbatim kundan kunga oshib borardi. Uni har kuni uyiga kuzatib qo'yardim.
Oylar yillar o'tdi uni shunchalik yaxshi ko'rardimki xatto o'zimdanam qizg'anardim, xech kimga xafa qildirib qo'ymasdim, bir-birimizga sodiq edi, uni bir kun ko'rmasam ozimni qo'yarga joy topolmasdim. Yillar o'tdi ulg'aydik maktabni tugatadigan vaxt ham yetdi.
Malika bilan kelishib bitta kollejga xujjat topshirdik, omadimni qarangki u bilan bitta kursga ushdik, xar doim birga edik, bizga xammaning havasi kelardi. Kollejda ikkinchi kursda o'qib yurgan kezlarimizda unga sovchilar kela boshladi, u judayam chiroyli, odobli, aqilli qiz edi, uning xushmuomalaligiga xar qanday odam xavas qilardi. Unga men sovchi qo'ydim ota-onasi ham rozi bo'lishdi. Faqat to'yni kollejni tugatgan kegin o'tkazadigan bo'ldik. Kollejni a'lo baxolarga o'qib tugatdik. U uch oycha xunar o'rgandi, to'yimiz kuz faslida bo'lib o'tdi, biz juda baxtli edik. Unga "nozik Malikam" derdim xar doim. U ko'chaga deyarli chiqmasdi. Ko'chada ko'p yursa o'zini yomon xis qilardi. Oradan to'qqiz oy otdi, men ota bo'ldim, jajjigina o'g'ilning otasi bo'ldim, o'g'lim sog'lom bo'lib dunyoga keldi, lekin ayolimning axvoli negadur yomonlashgan edi. O'g'lim dunyoga kelganidan kegin u xushidan ketdi. Do'xtirlar uni tekshirishdi, taajubki unda oqqon kassaligi aniqlandi, bundan xatto uning ota onasi xam bexabar ekan. Xech kimga xatto mengayam bildrimagan u kasal ekanini. Bu qachon boshlanganini xatto bilmay xam qoldim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев