Kel g'ururni devoridan o'taylik endi.
Sog'inch azobidan charchadim ahir,
Yur endi, baxt tomon ketaylik endi.
Jonim sochlaringni qo'llarimga ber.
Qo'llarim sochlaring silasin endi.
Ayriliq bizlarni yig'latdi ahir,
Kel ayriliq ham yig'lasin endi.
Jonim ko'zlaringni ko'zlarimga ber.
Ko'zlaringda sog'inch-yoshlar ko'rayin.
Ko'zlaringni shunchalar sog'indim ahir,
Kel endi ularga boqib turayin.
Jonim yuragingni yuragimga ber.
Men uni borimday asrab yurayin.
Sen ham borlig'ingday asrasang agar,
Men ham yuragimni senga berayin.
Joniml ablaringni lablarimga ber.
Labim tersin labingdan gullar.
Kel sen ham lablarimdan gullolalar ter,
Sening lablaringni bezasin ular.
Jonim quchog' ochib quchog'imga kel.
Yurakni aytganin qilaylik endi.
Qara, qo'l cho'zyapman, qo'llaringni ber.
Abadiy biz birga bo'laylik endi.
Jonim lablaringni lablarimga ber...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев