Предыдущая публикация
Bo'ldi qil yig'lama
sen aza tutma.
Kerak bo'lmagansan unga shuni bil, O'zingni bunchalar qiynama kо'ngil.
Tun botib tong otsa eslama uni, Qulog'inga halqa qil osib qо'y buni.
U seni sevmaydi endi bo'ldi qil,
О'zingni bunchalar qiynama kо'ngil.
Sen uni izlama bu bari sarob,
Yig'laysan kun o'tib bo'lasan xarob.
Nima darding bo'lsa falakka aytgin, О'zingni bunchalar qiynama kо'ngil.
Falak tinglaguvchi ohu-zoringni,
Jimgina eshitar dilda boringni.
Tortinma aytaver so'ng quloq tutgin, О'zingni bunchalar qiynama ko'ngil.
Sen bu erda xorsan yig'laysan tinmay, Yoshlaring artasan sekin bildirmay.
U seni unutdi, unutdi butkul, О'zingni bunchalar qiynama ko'ngil...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев