Предыдущая публикация
Adashdim, Siz undan yorqin, saxiyroq.
Ko’zlaringizdagi mehr-muruvvat,
Ko’ngillarga tutash, qalbga yaqinroq.
Iboli, hayoli boqishlaringiz,
Zimiston go’shaga yoqadi chiroq.
Ishoning, Sizning har bitta so’zingiz,
Nargizning yo’lida bo’ladi mayoq.
Chiroyda tengsizsiz, o’xshaguchi yo’q,
Illo, Siz san’atkorsiz, qo’llaringiz gul,
Magar xas tutsangiz barg yozar shu dam.
Ayyomingiz bilan qutlasam bu kun.
Ro’yi zamin ichra munis bir xilqat,
Tantanavor o’tsin sakkizinchi Mart!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев