-Salom keldingmi?
- Xm keldim.
- Jinnivoy yig'layapsanmi? nega yig'layapsan?
- Qanday kulay? Axir xayrlashgani keldimu,
ertaga to'yim. Ertadan sizni boshqa
ko'rmiyman, ko'rsam xam gaplasholmiman,
tushunyapsizmi o'zi nima bo'lyotganini,
qanday yig'lamay, iloji bormi yig'lamay.
- Garchi xayrlashayotgan bo'lsak xam sendan
oxirgi iltimos kulib xayrlashgin, toki seni
eslaganda doim tabassum bilan eslay, qani
jilmaychi qani qani.
- Xo'p mana.
- Ex xatto kulgularingda xam yig'i aralash.
- Menga bir nimani tushuntirib bering o'zi
bizga nima bo'ldi? Axir xammasi yaxshi edi.
Qanday sabab borki xayrlashyapmiz. Men
xamma narsaga tayyor edim, xatto ota
onamni ko'ndira olardim. Nega qo'rqoqlik
qildiz? Kurashmay taslim bo'ldiz? Yoki
sevmasmidiz. Ayting aybim nima?
- Bilasanmi xar doim xam biz xoxlaganday
bo'lavermaydi. Mendan nafratlanishing
mumkun. Tog'ri baxtli bo'lishimizga ikki
qadam qolgandi, lekin shu ikki qadamni
bosish uchun ikki akamni tepalap o'tishim
kerak edi. Bilarding meni bir emas ikki akam
bor. Akalarimni tepalap ulardan oldin senga
uylangani vijdonim yo'l qo'ymaydi o'qishim
xam tugamagan. Akalarim meni o'qitaman
deb uylanishmadi rossiyada musofirchilikda
ishlab, ukam bizday qiynalmasin noni butun
bo'lsin deb topgan pulini kontrakimga
to'lashsayu, ularni tepalap uylansam
ko'zlariga qanday qarayman. Seni esa
uyingdagilar kutishmasdi. Yo'q men ularni
aslo akalarimni va ota- onangni
ayblamayman, bular bir sabab xolos. Ular
faqat seni baxtli bo'lishingni xoxlashdi
xamma ota onalar kabi. Aslida birga bo'lish
peshonamizga yozilmagan. O'zingni esa
hecham ayblama seni faqat bitta aybing bor
u xam bo'lsa onang seni go'zal tuqqan.
- Siz akalarizni o'ylaysizu menichi?
O'ylamadizmi? O'ylamadiza, Yana shoirlarday
gapirishinichi. Onam meni chiroyli tuqgandan
ko'ra, baxtli tuqsa bo'lmasmidi. Axir men
sizga sodiq qolmoqchidimkuuuu. Endi
odamlar sevgiga ishonmay qo'yadi.
- Mana bu daraxtga qara, hu anavi
sarg'aygan bargni ko'ryapsanmi, uxam
daraxtiga sodiq qololmay uzilib yerga tushmoqda.
Bu tabiat qonuni, shu kabi xayotimizda xam
biz istamagan qonunlar bor.
- Sog'insamchi? Nima qilaman.
- Bilaman senga tanlashgan yoring yaxshi
inson, xar taraflama o'zinga mos, keyin
rozg'or uy yumushlari bilan sog'inishga
vaqting bo'lmaydi. Yoningda yoring xam
bo'ladi.
- Sizchi sog'insezchi nima qilasiz?
- Meni o'ylama aslida xammadan senga qiyin
bo'ladi. O'zga qo'llarga, o'zga muxabbatga,
boshqa barmoqlar sochlarini o'ynashiga
ko'nikishing kerak. Endi o'zga ovoz seni
erkalab suyushiga chidashing kerak. Buning
uchun esa senga katta kuch va sabr kerak.
Senga olloxdan katta kuch va sabr tilab
qolaman.
- Bunaqa gaplarni gapirmang battarroq
yig'lab yuboramanu.
- Mana ro'molcha voy uzr o'rganib qolibman
doim xafa bo'lsang yoshlaringni artib
qo'yardimu, endi bu gunox yoshlaring o'zing
artvola qol.
- Meni yig'lama deb o'ziz yig'lapsizu ana
ko'zizda yosh ko'rindi.
- Bu quvonch yoshi axir ertaga sen orzu
qilganday oq ko'ylak kiyasan. Ertadan seni
kelinchak dep atashadi. Shirindan shakar
og'il qiz farzandlaring bo'ladi. Afsus bu
go'zallikni ko'rish menga nasib etmasa kerak.
Shuni bilamanki sen dunyodagi eng go'zal
kelin bo'lasan...
Boshqalarga o'xshab meni unutma
demiyman. Chunki meni xar bir eslashing
senga gunox bo'ladi, men gunoxkor
bo'lishingni xoxlamiyman. Bir tush kabi unut.
Shu paytgacha yaxshi tushlar ko'ryatudik
uyg'ondik deb tasavur qilda xatto eslama.
Agar sen tush bo'lganingda edi bir umr
turmay uxlagan bo'lamardim. Sendan so'ngi
iltimosim menga qilolmagan vafoni jufti
xalolingga
qilgin, doim kulib yurgin senga kulish
yarashadi.
- Sizchi nima qilasiz? Nima endi sizni xatto
xayolan xam o'ylay olmaymanmi? gunoxmi?
Chiday olarmikinman? Chidashga
majburmanku. Sizdan xam iltimos, siz xam
tezroq uylaning faqat mendan chiroyliroq,
vafoliroq bo'lsin doim sizga g'amxo'rlik qilib,
mexriboniz bo'lsin.
- Buni vaqt ko'rsatadi biz sevdik sevildik
demak baxtli bo'lishga xaqlimiz. Baxtli
bo'lamiz xam. Menga bir narsa taskin beradi.
Bizda baxtli kunlar bo'lgan. Eslasak arzigulik
xotiralarimiz bor.Eng muxumi bir birimiz
orqali muxabbatni angladik yashashim uchun
shu kifoya. Telefoning jiringlayapti go'shakni
ol u qo'ng'iroq qilyaptimi?
- Xm u telfon qilyapti, ketishim kerak lekin
hecham ketgim kelmayapti. Qani vaht to'xtab
qolsayu shu yerda qolsam.
- Boraqol endi, ketaqol kutib qolishdi.
- Yana ozroq ozgina qolay.
- Boraqogin endi
- Xm xo'p mana ketyapman. Yaxshi qoling
baxtli bo'ling!
- Sen xam baxtli bo'l!
Asta asta qadam tashlab ketayapsan, yerda
yotgan xazonlar qadamlaringdan shitrlab
ayriliq simfoniyasi chalayotganday. Orqanga
bir bir qarab qo'yasan ko'zlaring olib qoling
diya mo'ltirayotganday. Goxo xayr deb
qo'lingni ko'tarib qo'yasan. Oxirgi qarashda
yig'i aralash kulib qo'ydingu. Bulutlar ortiga
berkingan quyoshday ko'rinmay ketding...
Sen ketding u yo'ldan, men xam ketdim bu
yo'ldan. Faqat ayriliq qoldi sevgimizdan.
Xazonlar guvoxida mana shunday xayrlashdik
bizlar.
Yana bir sevgiga qo'yildi nuqtalar...:-o:-o:-o
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 37
rahmat
Bu dahshatni o'zi